Teatr: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
MalikxanBot (munozara | hissa)
{{stub → {{chala (xato haqida xabar berish)
Tahrir izohi yoʻq
Teglar: Qaytarildi Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
Qator 31:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1998-yil 26 martda eʼlon qilingan "Oʻzbekiston teatr sanʼatini rivojlantirish toʻgʻrisida"gi farmoni va Oʻzbekiston Vazirlar Mahkamasining shu asosda qabul qilgan "Oʻzbekteatr" ijodiyishlab chiqarish. birlashmasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida"gi qarori Teatr sanʼati strategiyasini belgilab berdi. Shu asosda "Oʻzbekteatr" ijodiyishlab chiqarish. birlashmasi, uning qoshida "Atrmadad" jamgʻarmasi, Teatr ijodkorlari uyushmasi tuzildi. "Teatr" jurnali nashr etila boshladi. Muntazam ravishda turli seminar va festivallar oʻtkazilmoqda. Davlatlararo shartnomalarga muvofiq xorijiy mamlakatlardagi ijodiy tashkilotlar, xalkaro birlashmalar bilan aloqalar oʻrnatilmoqda Amerikalik rejissyor Devid Kaplan, britaniyalik Maykl Berkut va boshqa oʻzbek teatrida, B. Yoʻldoshev Fransiyada, N. Abdurahmonov Isroilda, M. Yusupov AQShda asarlar sahnalashtirdilar. Hamza teatri ga eski bino oʻrniga zamonaviy muhtasham bino qurib berildi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2001-yil 21 sentyabrda eʼlon qilingan maxsus farmoni bilan ushbu teatrga "Milliy teatr" maqomi berildi.
 
Oʻzbekiston Respublikasida davlat tasarrufidagi 37 ta Teatr va teatr studiyalar, oʻnlab nodavlat va xususiy Teatrlar faoliyat koʻrsatadi (2004).
 
== Adabiyot ==