Taqvim: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
kTahrir izohi yoʻq
Tahrir izohi yoʻq
Teglar: Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
Qator 36:
K. tarixi — insoniyat sivilizatsiyasining uzviy ajralmas boʻlagi. Tashqi olam toʻgʻrisidagi bilimlar koʻpaygan sari va turli davrlarda xalq xoʻjaligi ehtiyojlari bilan bogʻliq ravishda K.lar takomillashib bordi. Maye, oy K.ining paydo boʻlishini ibtidoiy odamning turmush tarzi bilan bogʻlash mumkin. U davrlarda ovchilik va termachilik odam faoliyatining asosini tashkil qilgan edi. Asta-sekin dehqonchilik va chorvachilikka oʻtilishi oy-quyosh K.i va kuyosh K.ining paydo boʻlishiga olib keldi. Keyingi ikki yuz yillik K.larning ichki tuzilishini takomillashtirishga intilish bilan tarixga kirdi. 18-asr oxiridagi Yevropadagi sanoat toʻntarishi, 19-asrdagi industrlashtirish, 20-asrdagi fan va texnika inqilobi K.ni takomillashtirish muammosini dolzarb qilib qoʻydi.
 
Fan-texnika taraqqiyotining xalq xoʻjaligini elektronlashtirish, kompleks mexanizatsiyalashtirish, EHM va kompyuterlarni xalq xoʻjaligiga keng joriy qilish bilan bogʻliq hozirgi bosqichida doimiy K.lar tuzish muammosi dolzarb boʻlib qoldi. Lekin oxirgi paytlarda K.ni isloh qilish masalasi koʻtarilmay turibdi.turgandi
 
== Adabiyot ==