Masʼud Gʻaznaviy: Versiyalar orasidagi farq
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq Teglar: Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali |
Xatoni to'g'irladim. Teglar: Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali |
||
Qator 1:
'''Masʼud Gʻaznaviy''' (990 - 1041) — Gʻaznaviylar davlati hukmdori (1030 - 41). Maxmud
1035-yil Masʼud Xurosonga hujum qilgan saljuqiylarga qarshi chiqqan. U Nishopurdan Nisoga katta qoʻshin joʻnatgan. Oʻzaro sodir boʻlgan jangda dastlabiga gʻaznaviylar gʻalaba qilgan, biroq tunda saljuqiylar ularning qarorgohiga hujum qilib gʻaznaviylarga ogʻir talafot yetkazganlar. Saljuqiylar Xurosonning katta qismi, jumladan, Nishopurni egallashgan. M.F. shundan soʻng ulkan qoʻshin toʻplab, yurishga shaxsan oʻzi boshchilik qilgan. 1038-yil gʻaznaviylar Saraxs yonida saljuqiylarni yengganlar. Hal qiluvchi jang 1040-yil bahorida Dandanakon yaqinida boʻlgan (qarang [[Dandanakon jangi]]). Oʻrta Osiyo xalqlari tarixida eng qonli hisoblangan ushbu jangdan soʻng gʻaznaviylarning Xurosondagi hukmronligi barham topgan. Saljuqiylar sardori Toʻgʻrul oʻzini Xuroson hukmdori deb eʼlon qilgan. Masʼud Gʻaznaviy Hindistonga yurish qilib, u yerda kuchli qoʻshin toʻplashga va shu qoʻshin yordamida saljuqiylarga qarshi turishga qaror qilgan. Bayhaqiyning maʼlumotiga koʻra, Masʼud Hindiston safaridan oldin Movarounnah-rdagi qoraxoniylar xoni Arslonxonga xat yozib saljuqiylarga qarshi kurashda yordam soʻragan. Soʻngra u hibsda saqlanayotgan ukasi Muhammadni ozod qilishga farmon bergan, Masʼud Hindiston yurishiga ukasini ham olib ketmoqchi boʻlgan. Muhammad tarafdorlari fitna uyushtirib, Masʼudni qamoqqa olib, Muhammadni sulton deb eʼlon qilishgan. Masʼud bir necha kundan soʻng qatl etilgan.
|