Shashmaqom: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Teglar: Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
Qator 1:
[[Fayl:Ансамбль народных исполнителей.jpg|thumb|281x281px|Shashmaqom [[Tojikiston]]da]]
'''ShashmaqomShoshmaqom''' ({{lang-ru|Шашмаком}}; {{lang-tg|шашмақом}}; {{lang-fa|شش‌مقام}}) — [[Markaziy Osiyo]] (asosan, [[oʻzbek]] va [[tojik]]) xalqlari musiqiy merosida markaziy oʻrin tutgan [[maqom]]lar turkumi; parda, ohang, usul, shakl, uslub kabi vositalar bilan oʻzaro uzviy bogʻlangan mumtoz kuy va ashulalar majmui. U muayyan shartsharoitlarda musiqiy folklor hamda kasbiy musiqa yoʻnalishlarida orttirilgan koʻp asrlik ilmiyijodiy tajriba hamda izlanishlar natijasida yuzaga kelgan. Shashmaqom milliy hamda mintaqaviy mumtoz musiqa anʼanalarining tarixan uzun taraqqiyot jarayoni natijasida bir qator bastakorlar avlodi sanʼatining qomusiy mahsulidir.
 
Oʻrta asr Yaqin va Oʻrta Sharq xalqlari musiqa ilmida maqom, asosan, parda tuzilmalari tushunchasini hamda ularga mos holda yaratilgan quy va ashulalarni ifodaladi. Maqomlar dastlabki davrda tarqoq shakllarda rivojlandi, 13-asrda esa Safiuddin al-Urmaviy ularni oʻn ikki asosiy maqomdan iborat nazariy tizim shakliga keltirdi. 17-asrdan soʻng Oʻn ikki maqom tizimi inqirozga uchrab, uning negizida Sharq xalqlari orasida maqomlarning yangicha milliy va mahalliy shakllari vujudga kela boshladi. Xususan, 18-asrning oʻrtalarida Oʻrta Osiyoning yirik madaniy markazlaridan biri Buxoro shahrida saroy sozanda, xonanda va bastakorlari ijodiyijrochilik faoliyatida shashmaqom uzil-kesil shakllanib, Buxoro maqomlari, Buxoro Shashmaqomi nomlarida ham yuritildi. Oʻzbek maqom turlaridan Xorazm maqomlari, Fargʻona-Toshkent maqom yoʻllari, shuningdek, yovvoyi (erkin koʻrinishdagi) maqomlar, surnay, dutor yoʻllari va boshqalar shashmaqom taʼsirida rivojlandi. Oʻtgan zamon bastakorligida keng qoʻllanilgan amal, kor, naqsh, peshrav, savt, tarona, qavl kabi janrlarning noyob namunalari shashmaqom tarkibida bizgacha yetib keldi.