Hind yozuvi: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k (via JWB)
Rtfroot (munozara | hissa)
Tahrir izohi yoʻq
Qator 6:
Hindistonda yozuv kamida 5 ming yillik tarixga ega. Dastlab oʻqilgan yodgorliklar (miloddan avvalgi 3-asrga mansub) keyingi yozuvlar uchun asos boʻlgan boʻgʻinli brahmi yozuvida bitilgan boʻlib, bu yozuv chapdan oʻngga qarab yozilgan. Hindistonning shim.-gʻarbida miloddan avvalgi 3-asrdan milodiy 5-asrgacha brahmi bilan bir qatorda kharoʻshthi yozuvi ham mavjud boʻlgan, lekin keyinchalik sekin-asta brahmi tomonidan siqib chiqarilgan. Brahmi yozuvining ilk yodgorliklaridayoq uning mahalliy koʻrinishlari ajrala boshlaydi. keyinchalik ular asosida Hind yozuvining 3 asosiy; shim., janubiy va janubi-sharqiy tarmogʻi shakllanadi.
 
Alifbo harflari qatʼiy vertikal va gorizontal chiziqlardan burchak hosil qilib yoziladigan shimoliy tarmoqqa quyidagi yozuvlar kiradi: 1) 6—10-asrlarda Markaziy Osiyoda sanskrit, sak va boshqa tillardagi matnlarni yozish uchun qoʻllangan gupta yozuvi; 2) 7-asrdan hozirgi gacha bir necha koʻrinishda ishla-tilgan tibet yozuvi;3) 7—8-asrlarda shakllangan va 10—11-asrlardagi qoʻlyozmalarda qayd etilgan n a g a r i yozuvi; uning keyingi davrdagi shakli — [[devanagari]] Shimoliy Hindistondagi asosiy yozuvga aylanadi, hindiy, marathiy va boshqa tillarda, sanskritcha matnlarni yozish va nashr etishda qoʻllanadi; 4) 8-asrdan Kashmirda ishlatiladigan sharada yozuvi; 5) 12-asrdan Nepalda qoʻllangan va hozirgi kunlarda devanagari tomonidan siqib chiqarilayotgan nevari yozuvi; 6) 15-asrda shakllangan va bengal, assom, sanskrit tillarida qoʻllanadigan b ye n -gal yozuvi; 7) boshqa alifbolardan harflar ustidagi gorizontal chiziq oʻrniga yoy shakli qoʻllanishi bilan farq qiladigan o r i ya yozuvi; 8) nagarining kursiv shaklidan kelib chiq-qan va harflar ustida chiziqning yoʻqligi bilan ajralib turadigan gu-jarot yozuvi; 9) 16-asrda sikhlar tomonidan joriy etilgan panjob yozuvi — gurmukhi. Bulardan tashqari, turli yozishmalarda, savdo va ish yuritish sohalarida ishlatiladigan kaythiy (hindiy tili tarqalgan joylarda), mahajaniy (Rajasthan shtatida va shu yerdan chiqqan savdogarlar orasida); landa (Sind va Pan-jobda), moʻdiy (Maharashtrada) va boshqa yozuv turlari mavjud.
 
Hind yozuvining janubiy tarmogiga 5—6-asrdan shakllangan, biroq qoʻlyozmalarda 16-asrdan boshlab qayd etilgan grantha yozuvi (sanskritcha matnlarni yozish uchun qoʻllangan) hamda janubiy Hindistondagi zamonaviy 4 adabiy til — kannada, telugu, malayalam va tamil tillaridagi matnlarni yozishda qoʻllanadigan alifbolar kiradi. Bu tarmoqdagi yozuvlar harflarning du-maloq shaklda yozilishi bilan ajralib turadi.