Greenwich astronomiya rasadxonasi: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Rtfroot (munozara | hissa)
Tahrir izohi yoʻq
Rtfroot (munozara | hissa)
Tahrir izohi yoʻq
Qator 1:
[[Fayl:Royalobs.jpg|thumb]]
'''Grinvich astronomiya rasadxonasi''' — [[Birlashgan Qirollik|Buyuk Britaniyadagi]] ilmiy tadqiqot muassasasi. [[Grinvich|Grinvichda]] asos solingan (1685). 1953-yilda Grinvich sh.dan 70 km jan.-sharqda joylashgan Xyorstmonso qasriga (15-asr) koʻchirilgan. Unda dastlab yulduzlarning oʻrinlarini koʻrsatuvchi yulduzlar jadvallarini tuzish va [[Oy]] harakatini aniqlash ishlari olib borilgan. 19-asrdan boshlab yulduzlar parallaksini (qarang [[Parallaks]]) aniqlash, [[Quyosh]] yuzini izchil fotosuratga olish, fotogeliogrammalar yordamida Quyosh yuzidagi dogʻlar, mashʼallarning geliografik koordinatalarini oʻlchash va Quyosh yuzidagi hodisalarning tabiatini oʻrganish bilan shugʻullanadi. G. a. r. passaj asbobi orqali oʻtgan [[meridian]] bosh meridian deb qabul qilingan (1884); geografik uzunlik (qarang [[Geografik koordinatalar]]) shu meridiandan boshlab hisoblanadi. G. a. r. meridian vaqgi dunyo vaqti deb qabul qilingan. Undagi asboblar: 28 dyuymli va 26 dyuymli refraktor, 98 dyuymli reflektorlar va b.
 
== Yana qara ==
 
* [[Garvard astronomiya rasadxonasi]]
 
== Adabiyotlar ==