Amudaryo tumani: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
MalikxanBot (munozara | hissa)
k Bot v2: Umumiy tuzatmalar; Imlo va grammatika
Tahrir izohi yoʻq
Qator 61:
}}
 
'''Amudaryo tumani''' — [[Qoraqalpogʻiston|Qoraqalpogʻiston Respublikasi]] tarkibidagi tuman. 1957-yil 18-dekabrda tashkil etilgan. Amudaryo tumani shimolida [[Nukus tumani]], sharqda [[Xorazm viloyati|Xorazm viloyatining]] [[Gurlan tumani]], janubiy hamda gʻarbda [[Turkmaniston|Turkmanistonning]] Gubadogʻ tumani bilan chegaradosh. Maydoni 1,02 ming km². Aholisi 204,7 ming kishidan ziyod (2020). Amudaryo tumanida 1 shahar (Mangʻit), 2 shaharcha (Jumurtov va Qipchoq), 10 ovul fuqarolari yigʻini (Bobur, Doʻrmon, Quyuqqoʻpir, Nazarxon, Xitoy, Choykoʻl, Oʻrta-qalʼa, Qangli, Qilichboy, Qipchoq) bor. Markazi — Mangʻit sh. Tabiati. At. relefi, asosan, tekislikdan iborat. Amudaryoning chap sohili boʻylab Jumurtov tizmasi joylash-452gan. Iqlimi keskin kontinental. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi — 16, — 2G, iyulniki 27 — 32°. Yiliga oʻrtacha 100 — 110&nbsp;mm yogʻin tushadi. Amudaryo tumanida Qipchoqarna, Mangʻitarna, Qilichniyozboyarna kanallari, Qorakoʻlyop, Bogʻyop, Seityop, Oq-Oltin, Alieliyop, Eshonyop, Shoʻryop, Halimbegyop, Ushinyop, Qumyop, Chatli-yop, Qizilyop, Ku-lotyop, Churchiyop, Qirqarqanyop, Xorazmyop, Quyi Tuvligayop, Jumuryop, Oltinyop, To-shyop, Alimboyyop, Qoraqalpoqyop, Boʻzsuv ariklari bor. Bu kanal va ariqlar barcha xoʻjalik yerlarini suv bilan taʼminlaydi. Yerlarni shoʻrlanish va botqoqlanishdan saqlash maqsadida kollektorlar qurilgan. Tuman hududidagi Shaharsafo, Orqakoʻl, Qorachoʻtal, Choykoʻl, Tuzloq, Tojiqalkoʻl, Baytukoʻl, Uzunkoʻl, Sarichnugulkoʻl, Oqseytbobo va Otajon koʻllarida baliq, oʻrdak va boshqa qushlar koʻp. Koʻllardagi qamish va yakandan qurilish materiali sifatida foydalaniladi. Tuman hududi, asosan, soz va qumloq tuproqli boʻlib, tol, terak, tut, gujum, qaragʻan, turangʻil, oqbosh, yantoq, ajriq, pechak, shoʻra, kdmish, chirmovuq, semizoʻt, yakan, otquloq va boshqa oʻsadi. Qobon, shakal, buri, kemiruvchilardan sichqon, kala-mush, qushlardan qirgʻovul, oʻrdak, gʻoz, qargʻa, zogʻcha, chumchuq, koʻkqoʻton, kaptar, qumri, koʻkkargʻa, sariq chumchuq, toʻrgʻay va boshqa yashaydi. Aholisi, asosan, oʻzbeklar; qoraqalpoq, qozoq, turkman, qirgʻiz, rus, tatar, koreys, tojik va boshqa millat vakillari ham yashaydi. 1&nbsp;km² ga oʻrtacha 132 kishi toʻgʻri keladi. Shaharliklar 30,6 ming kishi, qishloq aholisi 95,5 ming kishi. Xoʻjaligi koʻp tarmoqli. Sanoat korxonalaridan Mangʻit paxta to-zalash, gʻisht zavodlari, maishiy xizmat kombinati, Mangʻit ip-yigiruv va tikuvchilik kombinatlari, Qoraqalpogʻistonda eng yirik xoʻjaliklararo qurilish boshqarmasi va 3 tuzatish-qurilish tashkilotlari va yirik qurilish tashkilotlari bor. Amudaryo tumani Taxiatosh GRES va Mangʻit GES energi-yasidan foydalanadi. Tumanda 323 kichik korxona va 27 hissadorlik jamiyati mav-jud. Amudaryo tumanining asosiy tarmoqlari pax-tachilik, pillachilik, bogʻdorchilik, sabzavotchilik, chorvachilikdir. Amudaryo tumanida sugʻoriladigan yerlar 39,1 ming ga, ekin-zorlar 36 ming ga, shu jumladan 21 ming ga yerga paxta, 1,5 ming ga yerga sabzavot, 2,8 ming ga yerga beda, 1,5 ming ga yerga sholi, 2,4 ming ga yerga makkajoʻxori ekiladi. Amudaryo tumanida 18 jamoa xoʻjaligi, dehqon-fermer va shirkatlar uyushma-si, 296 dehqon-fermer xoʻjaligi va boshqa xoʻjaliklar bor (1997). Tuman jamoa va shaxsiy xoʻjaliklarida 46,2 ming qoramol, 4,7 ming qoʻy va echki, 77 ming parranda bor (1997). 1996/97 oʻquv yilida 83 umumiy taʼlim maktabida 33,6 ming oʻquvchi, 1 litseyda qariyb 400 oʻquvchi taʼlim oldi. 52 ommaviy va bolalar ku-tubxonasi, 21 klub, 36 kinoqurilma, 3 madaniyat uyi, 710 oʻrinli 6 kasalxona va dispanser, 6 ambulatoriya, 55 feldsherlik punkti boʻlib, ularda 327 vrach, 1077 oʻrta maʼlumotli tibbiy xodim ishlaydi. „Amudaryo haqiqati“ tuman gaz. 1934-yildan chiqadi (adadi 3000).<ref>"{{PAGENAME}}" ''[[OʻzME]]''. [http://n.ziyouz.com/books/uzbekiston_milliy_ensiklopediyasi/O'zbekistonOʻzbekiston%20Milliy%20Ensiklopediyasi%20-%20A%20harfi.pdf A-harfi] Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
 
== Manbalar ==