Taxallus: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Rtfroot (munozara | hissa)
Tahrir izohi yoʻq
Xatoni tuzatdim
Teglar: Mobil qurilma orqali Mobil ilova orqali Android-ilova orqali
Qator 1:
'''Taxallus''' (arab. tilida — qutulish, xalos boʻlish) — biror ijodkor ([[shoir]], [[yozuvchi]], [[olim]] va shu kabi) yoki siyosiy arbobilaning oʻzi uchun tanlab olgan ikkinchi nomi. Har bir muallif TaxallusniTaxallusini muayyan maqsadlarni koʻzda tutgan holda qoʻllaydi. Mas.Masalan, omma oʻrtasida oʻz ijodini taʼkidlab koʻrsatish, oʻz ismfamiliyasidan qoniqmaslik, muayyan xavf-xatar, taxdiddan qochish, yashirinish va boshqaboshqalar.
 
Sharq sanʼati va adabiyoti namoyandalari, katta olimlari oʻzlariga turli narsalarga, sifat va xususiyatlarga ishora tarzida (Ulugʻbek — Muhammad Taragʻay, Navoiy, Lutfiy, Bobur, MujrimObid, Munis, Zavqiy), mashgʻuloti, kasbiga nisbatan (Gulxaniy, Charxiy), tugʻilgan yoki yashagan joyiga nisbatan (Buxoriy, Koshgʻariy, Margʻinoniy, Nasafiy, Taroziy, Xorazmiy, Xoʻjandiy, Chustiy, Shoshiy, Yugnakiy, Yassaviy), yashash tarzi yoki qismatiga ishora sifatida (Gadoiy, Gʻaribiy, Uzlat, Muqimiy, Furqat) va boshqa omillarga karab Taxallus olganlar yoki tanlaganlar. Sharqda ham, Gʻarbda ham koʻpchilik ijodkorlar faqat Taxallusi bilan mashhur boʻlishgan. Masalan, Beruniy — Abu Rayhon Muhammad ibn Ahmad, Navoiy — Gʻiyosiddin oʻgʻli Alisher, Muqimiy — Muhammad Aminxoʻja oʻgʻli, Oybek — Muso Toshmuhammad oʻgʻli, Yashin — Komil Nuʼmonov, Chustiy — Nabixon Xoʻjayev; Stendal — Anri Mari Beyl, Jorj Sand — Avrora Dyupen va boshqa Baʼzi shoirlar birdan ortiq Taxallus bilan (Navoiy — Foniy; Mujrim — Obid; Nodir — Uzlat — Mahjur; Nodira — Maknuna — Komila kabi), baʼzan bir necha shoir bir Taxallus bilan ("Navoiy" Taxallusli 10 ga yakin shoir boʻlgan) ijod qilganlar.