Shaxs: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
tuz.
Teg: Koʻp maʼnoli sahifalarga ishoratlar
MalikxanBot (munozara | hissa)
k Bot v2: Umumiy tuzatmalar
Qator 1:
{{Maʼnolari|Shaxs (maʼnolari)}}
'''Shaxs''' — alohida [[individ]], mohiyatan yaxlit ijtimoiy-axloqiy olam. U oʻzida inson mohiyatini, uning mavjudot sifatidagi qadriyatini mujassam etadi. Shaxs ijtimoiy-gumanitar fanlarda oʻz yoʻnalishi, tadqiqot obʼyektiobyekti va maqsadi nuqtai nazaridan turlicha talqin etiladi. U oʻta murakkab, ziddiyatli, qarama-qarshi, oʻzini oʻzi inkor etadigan mavjudot sifatida, biologik, fiziologik, ijtimoiy, maʼnaviy, ruhiy, axloqiy va estetik aqlidrok, tafakkur obʼyektiobyekti sifatida, hatto, falsafiy va mantiqiy, yashash huquqi va hayot mantigʻi jihatidan tadqiqot manbaiga aylanishi mumkin.
 
Shaxsning shakllanish omillari koʻp va xilma-xiddir. Masalan, genetik (nasliy), biologik-tabiiy, madaniy, ijtimoiy hayot tajribasi, oʻz turdoshlari bilan munosabatlar va boshqalar shaxsning genetik jihati uning nasliy asosi, ajdodlaridan yetib kelgan fizionomiya, feʼl-atvor bilan, biofiziologik jihati esa yashash uchun quvvat olish, ovqatlanish, jinsiy aloqaga kirishish va nasl qoldirish singari individual ehtiyoj bilan belgilanadi.