Kitob: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Teglar: Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
kTahrir izohi yoʻq
Qator 7:
Qogʻozning kashf qilinishi K. tarixida yangi davr ochdi. Ayrim maʼlumotlarga qaraganda, 650 yillardayoq Samarqandda qogʻozli K.lar boʻlgan. 13-asrdan Yevropada qogʻoz asosiy yozuv materiali boʻlib qoldi. Qogʻoz K.ning koʻpayishiga va tarqalishiga yangi imkoniyat ochdi. K. bezashga alohida ahamiyat berildi. Uning sahifalariga turli miniatyuralar, hoshiyalariga bezaklar ishlana boshladi. Asta-sekin xattotlik (kalligrafiya), muqovasozlik kabi kasblar ajralib chiqdi. Ayniqsa, Oʻrta Osiyoda oʻrta asrlarda xattotlik sanʼati keng rivojlandi. Mashhur xattotlarning koʻp avlodlari K. tayyorlash usulini — materiallar, siyoh, xat koʻchirish texnikasini takomillashtirib bordilar.
 
10—12-asrlarda Movarounnahrda muayyan soxasoha sifatida shakllangan kitobat sanʼati 14—15-asrlarda yangi taraqqiyot bosqichiga kutarildi. Har bir K. qogʻozidan tortib muqovasigacha, siyoxdan to buyoqlari-yu zarhaligacha maʼlum meʼyordagi modda, reja va qoida asosida tayyorlanadi, hatto K.dan xushboʻy hid anqib turishi uchun baʼzan siyohga gulob yoki anbar qoʻshilardi. Qoʻlyozmalar nafis husnixat, zarafshon (tilla suvi sochish), suvli buyoqlar bilan hoshiyaga nafis naqshlar ishlab badiiy bezatildi. 15—16-asrlarda bir qancha isteʼdodli xattot, musavvir, lavvoh va saxdoflar (Abdurahmon Xorazmiy, Sultonali Mashqadiy, Sultonali Xandon, Mirali qilqalam va boshqalar) yetishdi. Hirot xattotlariga ustozlik qilib, kitobat sanʼati ravnaqiga ulkan hissasini qoʻshgan xushnavis xattotlardan Sultonali Mashhadiy edi. U Nizomiy, Hofiz, Saʼdiy, Navoiy, Husayn Boyqaro va boshqalarning asarlarini koʻchirib shuhrat qozondi. Sultonali tomonidan koʻchirilgan 50 dan ziyod K. bizning davrimizgacha yetib kelgan. Temuriy hukmdorlar devonxonalari qoshida, xususan, Samarqand, Hirotda maxsus saroy kutubxonalari tashkil etilgan. Bunday kutubxonalar oʻrta asrning oʻziga xos hunarmandchilik korxonasi boʻlib, ularda qoʻlyozma K.larni toʻplash va saqlash bilan birga K. sozlik bilan bogʻliq boʻlgan bir qancha amaliy ishlar bajarildi. Bunday saroy kutubxonalarining boshliklari „kutubxona dorugasi“ yoki „kitobdor“ deb atalgan. Ularning qoʻl ostidagi koʻplab xushnavis xattot, naqqosh-musavvirlar, lavvoh, sahhoflar K. yaratishga doyr turli vazifalarni bajarishgan. Mas, 15-asrning 1-yarmida Hirotda [[Ulugʻbek]]ning ukasi Boysunqur kutubxonasida 40 xattot va bir qancha naqqosh qoʻlyozma asarlardan nusxalar koʻchirish va ularni bezash bilan band boʻlgan. Har bir qoʻlyozma K. bir necha mutaxassis qoʻlidan oʻtardi. 1425—29 yillarda Jaʼfar Boy-sunquriy tomonidan Abulqosim Firdavsiyning mashhur „Shohnoma“ asari koʻchirilib, 20 ta turli mazmundagi rangdor miniatyuralar bilan bezatilgan. Noyob sanʼat asari sifatida bu K. Tehron muzeyida saqlanadi. Husayn Boyqaro va Alisher Navoiy saroy kutubxonasi ham oʻz davrida mashhur boʻlgan. Navoiy badiiy qoʻlyozma sanʼatini rivojlantirishga katta hissa qoʻshdi. Uning bevosita koʻmagi bilan Behzod, Sultonali Mashhadiy, Shoh Muzaffar kabi oʻnlab K.soz ustalar yetishib chiqdi. Bu ustalarning uslub va anʼanalari keyingi yillardagi kalligrafiya sanʼatining asosini tashkil etdi. Turkistonda xattotlik yoʻli bilan K. tayyorlash oʻzoq vaqt davom etdi. Hatto K. bosish kashf qilingandan keyin ham, dastlabki vaqtlarda K.lar qoʻlyozma yoʻli bilan koʻpaytirilar edi.
 
K. nusxalarini ommaviy koʻpaytirish yoʻlidagi izlanishlar natijasida ksilografiya paydo boʻldi. 15-asrning 40-yillarida Germaniyada Iogann Gutenberg tomonidan K. bosish ixtiro qilinishi K. taraqqiyotida yangi davr ochdi. K. bosish texnikasi asta-sekin takomillashib, boshqa mamlakatlarda ham tarqala boshladi (qarang [[Kitob bosish]], [[Bosmaxona]]).