Satira: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Teglar: Koʻrib tahrirlagich Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
kTahrir izohi yoʻq
Qator 1:
'''Satira''' ([[Lotin tili|lotincha]]: satira — qurama, har xil narsa) — komiklik turi, tasvir obyektini ayovsiz kulgi vositasi orqali anglash. Voqelikni badiiy aks ettirishning oʻziga xos usuli boʻlib, unda jamiyatdagi bemaʼni, asossiz, notoʻgʻri hodisalar, illatlar fosh qilinadi. Voqealarning real koʻrinishini oʻzgartirib, oshirib, boʻrttirib, mubolagʻa qilish, keskinlashtirish va shartlilikning boshqa koʻpgina turlari yordamida yaratilgan obraz orqali Satira obʼyektigaobyektiga "ishlov" beriladi. Satira muallifi komiklikning boshqa turlaridan ([[yumor]], [[hikoya]] va boshqalar) ham foydalanishi mumkin, biroq satira uchun salbiy tus berib, keskin ifodalangan estetik obyekt xarakterli hisoblanadi.
 
Satira [[Qadimgi Rim]]da lirikaning fosh qiluvchi janri sifatida tan olingan. Keyinchalik oʻzining janriy xususiyatlarini yoʻqota borib, koʻpgina janrlar ([[masal]], [[epigramma]], [[burleska]], [[pamflet]], [[felyeton]], [[komediya]] va [[satirik roman]])ning oʻziga xos xususiyatini belgilovchi adabiy jinsga oʻxshab qoladi. Satira ijtimoiy kurashning eng muhim vositasi boʻlib, unga tarixiy sharoit, milliy va ijtimoiy taraqqiyot faol taʼsir koʻrsatadi. Satiraning maʼnaviy taʼsir kuchining oʻtkirligi unda inkor qiluvchi kulgu orqali yaratilgan idealning umumxalq va universal boʻlishi bilan belgilanadi. Satiraning estetik vazifasi tubanlik, nodonlik va boshqa ijtimoiy illatlarga qarama-qarshi tarzda kishilarda yuksak insoniy tuygʻularni uygʻotish va qayta tiklashdan iborat. Satirada muallifning individualligi kulgu ostiga olingan obʼyektobyekt haqida murosasiz fikr aytish, unga aniq gʻoyaviy munosabat bildirish orqali namoyon boʻladi.
 
Satirik anʼanalar [[Sharq]] xalqlari ijodida qadimdan mavjud. Jahon madaniyatiga hissa boʻlib qoʻshilgan va [[Sharq adabiyoti]] shuhratini keng yoygan asarlar dastlab folklorda "[[Ming bir kecha]]" zaminida, sanskritcha "[[Panchatantra]]", forscha xalq qissalari, turkumi, Nasriddin haqidagi turk va oʻzbek [[latifa]]lari asosida yaratilgan. Kitobiy (yozma adabiyotdagi) satiralar ham Sharqda koʻpdan mashhur. Uning gʻoyalari [[xitoy]] [[novella]]lari, [[fors]] [[adabiyot]]i [[ruboiy]]lari va [[hind]] [[qissa]]lari motivlari bilan sugʻorilgan. Rus adabiyotida N.V.Gogol, M.Ye. Saltikov-Shedrin va boshqalar satirani yuksak bosqichga koʻtardilar. Oʻzbek adabiyotida satiraning ilk namunalari dastlab xalq ijodida (terma va aytishuvlar, [[Nasriddin Afandi]], Aldar koʻsa obrazlarida) yaratilgan, keyinchalik yozma adabiyotda taraqqiy etgan. [[Navoiy]], Turdi, Maxmur, [[Gulxaniy]], Hoziq, [[Muqimiy]], [[Zavqiy]]lar satira janrida ijod qildilar. Satiraning keyingi taraqqiyoti Hamza, Qodiriy, Gʻozi Yunus, Soʻfizoda, [[Gʻafur Gʻulom]], [[Abdulla Qahhor]], [[Said Ahmad]], N. Aminov, S. Siyoyev va boshqa nomi bilan bogʻliq. Satira tasviriy sanʼatda ham qadimdan maʼlum. [[Qadimgi Rim]], [[Xitoy]]da satirik terrakota haykallar, vazalarga satirik tasvirlar va boshqa ishlangan. Rassomlik sanʼati (jumladan, [[grafika]])da rivojlangan. F. Goyya, O. Domye, X. Bidstrup va boshqa rassomlar ijodi satira rivojida muhim rol oʻynagan. Oʻzbekistonda satira taraqqiyotiga "[[Mushtum]]" jurnali, "Jangovar qalam", "OʻzTAG oynasi" katta hissa qoʻshgan.