Memuar: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
MalikxanBot (munozara | hissa)
{{stub → {{chala (xato haqida xabar berish)
kTahrir izohi yoʻq
 
Qator 1:
'''Memuar''' (frans. memoire — xotira, esdalik), yodnoma, esdalik — real voqeahodisalar ishtirokchisi yoki guvohining oʻtmish haqidagi xotira asari. M. uchun voqeaning birinchi shaxs nomidan bayon qilinishi, voqealar va faktik materiallarning koʻpligi, mu-allifning tasvir obʼyektiga subʼyektivsubyektiv munosabatining oʻziga xos shaklda namoyon boʻlishi harakterlidir. M.da real voqealar majmuasi, koʻpincha, siyosiy xronika, biofafik va ilmiy ahami-yatga ega materiallar bilan uzviy bogʻlanib ketadi; unda badiiy asarlarga xos syujet usullari kam ishlatiladi. Ammo muallif tasviriy vositalardan oʻrni bilan foydalanadi.
 
M.ning ilk namunalari antik adabiyotda miloddan avvalgi yaratilgan. Oʻrta asrlar, Uygʻonish va keyingi davrlarda M.ning xilma-xil turlari paydo boʻldi. M. yaratish Sharq adabiyotida qad. anʼanalarga ega. Nosir Hisravnchnt "Safarnoma", Zayniddin Vosifiynnng "[[Badoye ul-vaqoye]]", Boburning "Boburnoma" asarlari M. ning namunalaridir.