Teatr: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Rtfroot (munozara | hissa)
Tahrir izohi yoʻq
Teglar: Bekor qilindi Koʻp maʼnoli sahifalarga ishoratlar
sintetik - sintez
Qator 7:
'''Teatr''' (yun. theatron — [[tomoshagoh]]) — [[sanʼat]] turi; uning oʻziga xos ifoda vositasi - [[aktyor]]<nowiki/>ning [[omma]] oldidagi oʻyini jarayonida yuzaga keladigan sahnaviy voqeadir. Teatr sanʼatida ham boshqa sanʼatlarda boʻlganidek, xalq hayoti, tarixi, dunyoqarashi aks etib, jamiyat taraqqiyoti, maʼnaviyati, madaniyati bilan bogʻliq holda oʻzgarib, takomillashib boradi. Teatr asosida ogʻzaki yoki yozma dramaturgiya yotadi.
 
Teatr sintetiksintez sanʼat boʻlib, jamiyat hayotida, tomoshabinlarning maʼnaviy va estetik tarbiyasida muhim oʻrin tutadi. Unda dramaturgiya, musiqa, tasviriy sanʼat, raqs, meʼmorlik ajralmas birlikni tashkil etadi. Teatrning muhim vositalaridan biri sahna nutqidir. Aktyor qahramonning pyesadagi soʻzlarini oʻzlashtirib olar ekan, qahramon qiyofasida, holatlarda turib uning nutqiy tavsifini yaratadi, boshqa personajlar bilan muloqotga kirishadi. Sa[[hna nutqi]] xarakterlarning ochilishida, asar mazmuni, konfliktining yoritilishida muhym oʻrin tutadi (qarang [[Sahna nutqi]]). Sahna asarlarining yaratilishida teatr rassomligi (ssenografiya)ning hissasi katta. Rassom asar mazmuni va rejissyor yechimidan kelib chiqib, dekoratsiya yaratadi. (qarang [[Teatr dekoratsiyasi sanʼati]]). Teatrda musiqaning ham oʻrni katta, tomosha turi va janriga bogʻliq holda u turli vazifani bajaradi: dramatik spektakllarda yordamchi vosita boʻlsa, operetta, musiqali dramada soʻz bilan barobar huquqga ega, opera va baletda esa hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. (qarang [[Teatr musiqasi]]).
 
Teatr sanʼati uzoq tarixga ega boʻlib, uning asosiy unsurlari (boshqa qiyofaga kirish, dialog, toʻqnashuv kabi) insoniyatning ibtidoiy davrlarida ovchilik, mehnat va liniy marosim, bayramlar bilan, totemizm, animizm kabi ibtidoiy dunyoqarash va ajdodlarning ruhlariga sigʻinish bilan bogʻliq holda shakllangan. Yunoniston, Hindiston, Turonda mil. avv. V asrdayoq Teatr jamiyat hayotida muhim oʻrin tutgan. Hindistonda teatr sanskrit teatri, xalq teatri shakllarida hamda "Mahobhorat" va "Ramayana" dostonlari bilan bogʻliq holda rivojlangan; dramaturgiya va sahna sanʼati haqida "Natyashastra" nomli risola yaratilgan. Keyinroq teatr Yaqin Sharq va Rimga ham yoyildi. Ayniqsa, Rimda teatrning yangi shakl va turlari yaratildi. Gʻarbiy Yevropada teatr sanʼatining dastlabki namunalari sayyor aktyorlarjonglyorlar ijodida, Rossiyada skomoroxlar faoliyatida yuzaga kelgan. Uygʻonish davrida vujudga kelgan drama yangi shakldagi professional trning shakllanishiga zamin yaratdi. XVI asrdan opera, XVIII asr oʻrtalaridan balet, XIX asr oʻrtalaridan operetta mustaqil teatr turi sifatida rivojlana boshladi. Teatrning keyingi taraqqiyoti klassitsizmning keng yoyilishi bilan bogʻliq. XVIIIasr da maʼrifatchilik oqimidagi teatr taraqqiy etdi. Astasekin realistik tendensiya kuchaydi. Ayniqsa, K. Goltsoni, G. Lessing, P. Bomarshe, F. Shiller ijodida realizm yorqin namoyon boʻldi. XVIII asrning oxirlariga kelib, drama, melodrama, vodevillarda satirik yoʻnalishning yuzaga kelishi teatrda demokratik asosning kuchayishiga sabab boʻldi. Teatr gʻoyaviy va badiiy kurashlar maydoniga aylandi.