Referendum: Versiyalar orasidagi farq
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Maestro023 (munozara | hissa) kTahrir izohi yoʻq Teglar: Mobil qurilma orqali Mobil ilova orqali iOS-ilova orqali |
tgwhwvhekwjev Teglar: Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali |
||
Qator 1:
'''Referendum''' ({{lang-la|referendium}}) bu fuqarolarning davlat, viloyat yoki mahalliy koʻlamda eng muhim masalalar boʻyicha ovoz berish yoʻli orqali oʻz fikrlarini bevosita bildirishlaridir. Umumxalq ovoz berish yoʻli bilan qonunlar qabul qilish va davlat ahamiyatiga molik eng muhim
„Oʻzbekiston Respublikasining referendumi toʻgʻrsida“gi qonun (dastlab 1991-yil 18 noyabrda qabul qilingan, 2001-yil 30 avgustda yangi tahrirda qabul qilingan)ga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasining referendumi Oʻzbekiston Respublikasining qonunlarini va boshqa qarorlarini qabul qilish maqsadlarda jamiyat va davlat hayotining eng muhim masalalari yuzasidan fuqarolarning umumxalq ovoz berishidir. Referendumda qabul qilingan qarorlar oliy yuridik kuchga ega boʻladi va faqat referendum yoʻli bilan bekor qilinishi yoki oʻzgartirilishi mumkin. Referendum Oʻzbekiston Respublikasining butun hududida oʻtkaziladi. Referendumni oʻtkazish tashabbusi bilan: Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari;Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi; Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenta chiqishi mumkin. Referendumda ishtirok etish huquqiga ega boʻlgan (18 yoshga toʻlgan) Oʻzbekiston fuqarolari umumiy sonining kamida 5 foizini tashkil etgan fuqarolar imzosi toʻplangan (bunda imzo chekkan fuqarolar miqdori har bir maʼmuriyhududiy tuzilma boʻyicha bir tekis va mutanosib ravishda taqsimlangan) boʻlsa; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari aʼzolarining uchdan ikki qismining ovozi bilan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining asoslantirilgan talabi bilan referendum oʻtkazilishi mumkin. Kuyidagi masalalar referendum predmeti boʻlishi mumkin emas: Oʻzbekiston Respublikasining hududiy yaxlitligini oʻzgartirish; Oʻzbekiston Respublikasi davlat byudjeti va soliklar; amnistiya va afv etish; jamoat tartibini, aholi sogʻligʻi va xavfsizligini taʼminlash boʻyicha favqulodda va shoshilinch chora-tadbirlar oʻtkazish; Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalaridan kelib chiqadigan majburiyatlarni bajarish; mansabdor shaxslarni tayinlash va vazifasidan ozod etish. Referendum yashirin ovoz berish yoʻli bilan oʻtkaziladi. Oʻzbekiston Respublikasi tarixida 1marta 1991-yil 29 dekabrda referendum boʻlgan. Bu referendumda „Oʻzbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi asoslari toʻgʻrisida“ UzR Oliy Kengashining 1991-yil 31 avgustdagi Konstitutsiyaviy qonuni toʻgʻri qabul qilinganligini Oʻzbekiston xalqi bir ovozdan maʼqulladi. 2002-yil 27 yanvarda Oʻzbekiston Respublikasida 2 palatalik parlamentni shakllantirish va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining konstitutsiyaviy vakolat muddatini 5 yildan 7 yilga oʻzgartirishga bagʻishlangan referendum boʻlib oʻtdi. Bu referendumlar Oʻzbekistonda demokratiya mustahkamlanib borayotganini koʻrsatadi<ref>Akmal Saidov, Davron Ahmedov.; [[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>.
|