Namangan: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Qator 59:
 
== Tarixi ==
[[Tasvir:Moellah Kirigizmadrassa.jpg|left|thumb|[[Mulla Qirgʻiz madrasasi]]. 1911–1912-yillarda qurilgan]]
Fargʻona vodiysining qad. poytaxti Axsikat (Axsikent) 1620-yildagi qattiq zilzila natijasida vayron boʻlganligi sababli, uning aholisi hozirgi Namangan shahri hududiga koʻchib oʻtgan. Namangan tuz koni („Namak kon“) yaqinida vujudga kelgan boʻlib, shahar nomi oʻrta asrlarga oid tarixiy xujjatlarda birinchi marta tilga olinadi. Zahiriddin Bobur oʻzining „Boburnoma“ (16-asr) asarida Namangan qishlogʻi haqida gapirib oʻtgan. V. P. Nalivkinning („Qoʻqon xonligining qisqacha tarixi“, Qozon, 1886) yozishicha, Namangan 1643-yilga mansub vaqf hujjatlarida uchraydi. 18-asrda Namangan Qoʻqon xonligiga tobe boʻlgan. Biroq viloyatni boshqaruvchi bek qarorgohi sifatida oʻz ahamiyatini saqlab qolgan. U faqat shahar aholisigina emas, balki atrofdagi tumanlar aholisiga ham xizmat qiluvchi hunarmandchilik markazi boʻlgan. Dehqonlar Namangan bozorlarida ip va gazlamalar, mis idishlar, zargarlik buyumlari va mehnat qurollarini sotib olishgan. Shaharda meʼmorlik sezilarli darajada taraqqiy etgan.
 
Xoʻja Amin maqbarasi (17-asr), Mulla Qirgʻiz madrasasi (1911-12) va Ota Valixon toʻra masjidi (20-asr) kabi meʼmoriy yodgorliklari hozir ham mavjud. 1817—22 yillarda Namangan aholisi kuchi bilan katta Yangiariq kanali qazilib, suv taʼminoti yaxshilandi. 1842—45 yillarda shahar baland devor bilan oʻrab olingan. 1813—14 yillarda Namanganga kelgan rus ofitseri F. Nazarov bu yerda shahar hokimining devor bilan oʻralgan saroyida ancha katta garnizon borligini aniqlagan. Qoʻqon xonligi hukmronligining soʻnggi kunlarigacha Namangan bek qarorgohi boʻlib keldi. Turkiston general-gubernatorligi tarkibida Fargʻona maʼmuriy viloyati tuzilgach, Namangan uning uyezd shaharlaridan biriga aylandi. 1894—95 yillarda uyezd muassasalari uchun davlat binolari qurishdi. 20-asrning boshlarida Namangan Oʻrta Osiyoning „eski“ va „yangi“ qismlardan iborat tipik shahriga aylandi. 1912-yilda shaharga Qoʻqon tomonidan temir yoʻl oʻtkazildi. 1914-yil zavodlar soni 17 taga yetdi. Bundan tashqari, 2 yogʻ zavodi ham qurildi. Shahardagi har ming kishidan 22 tasi sanoat ishchisi boʻlgan. 1916-yilda Namanganda Nikolay II ning mardikorlikka olishi haqidagi farmoniga qarshi mehnatkashlarning chiqishi boʻldi (qarang [[Mardikorlik]]). Bolsheviklarning bosqinchilik urushi davrida Namangandagi korxonalarning qariyb 80%ida ish toʻxtab qoddi. Urushdan keyin sanoat korxonalari tiklanib, rivojlana boshladi. Motor taʼmirlash, sut-yogʻ, konserva, gʻisht, paxta tozalash zavodlari, non kombinati, elektr stansiyasi va bir qancha mayda mahalliy sanoat korxonalari ishga tushirildi. Viloyatda paxtachilik, pillachilik va qishloq xoʻjaligining boshqa tarmoqlari rivojlanishi shaharda keng isteʼmol buyumlari va oziq-ov-qat mahsulotlari sanoatining rivojlanishiga sabab boʻldi. Shu davrda shaharda 3 elektr stansiya, vino va pivo zavodlari, yigiruv-toʻquv fabrikasi, taʼmirlash-mexanika ustaxonasi qurildi. Sanoatning yalpi mahsuloti yildan-yilga ortib bordi. Ikkinchi jahon urushi yillarida shaharda poyabzal fabrikasi, tikuvchilik korxonasi, goʻsht kombinati, mahalliy va kooperativ sanoat korxonalari ishga tushirildi. Urushdan keyin yengil, oziq-ovqat, ogʻir, kimyo, metallsozlik, elektrotexnika va kurilish sanoatlari rivojlandi. Shaharni elektr energiya bilan toʻla taʼminlash maqsadida 1946-yil Namangansoyda 2-GES kurildi. 1949-yilda markaziy ekskavator stansiyasi tashkil etilib, bu yerda turli xil ekskavator, skreper, buldozer kabi qishloq xoʻjaligi mashinalari taʼmirlandi. Oʻrta Osiyoda yagona elektrotexnika zavodi (sanoatda va roʻzgʻorda ishlatiladigan) elektr isitkich asboblari ishlab chikara boshladi.
 
== Sanoati ==
[[File:Mulla Qirgʻiz madrasasi 24.jpg|thumb|Namangandagi koʻpqavatli bino]]