Chingiz Aytmatov: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k r2.7.1) (Bot Qoʻshdi: ps:چنګېز ايتمانوف
Qozoqov (munozara | hissa)
Tahrir izohi yoʻq
Qator 13:
}}
'''Chingiz Aytmatov''' ([[qirgʻiz tili|qirgʻ.]] '''Чынгыз Айтматов'''; [[12-dekabr]], [[1928]] - [[10-iyun]], [[2008]]) [[Qirgʻiziston]] [[yozuvchi]]si va [[elchi]]si boʻlgan.
Chingiz To`raqulovich Aytmatov XX asr qirg`iz adabiyotining eng iste`dodli va jahonga tanilgan yirik namoyandalaridan biri bo`lib, u 1928 yil 12 dekabrda Qirg`izistonning Talas vodiysidagi Shakar ovulida tug`ilgan. Bobosi Aytmat og`a ajoyib qo`buzchi, otasi To`raqul Aytmatov davlat va jamoat arbobi, onasi Naima opa o`qimishli, oqila ayol edi. Chingiz dastlab rus maktabida, keyin qirg`iz maktabida o`qidi, qishloq sho`rosida kotib, soliq yig`uvchi, brigada hisobchisi bo`lib ishladi. U 1948 yilda Jambul zooveterinariya texnikumini, 1953 yili Qirg`iziston qishloq xo`jalik institutini tamomlagan. 1956 - 1958 yillarda Moskvada Yozuvchilar uyushmasi qoshidagi Oliy adabiyotchilar kursida tahsil oldi. Chingiz Aytmatov bolaligidanoq badiiy adabiyotga ulkan mehr qo`ygan bo`lib, nasriy asarlar yaratish bilan astoydil shug`ullanadi. Adib nomini ilk bor xalqaro miqyosda mashhur qilgan, 1958 yilda yozilib, jahon xalqlarining 40 dan ortiq tillariga tarjima qilingan asar «Jamila» qissasi bo`ldi. «Jamila» qissasini Lui Aragon «Muhabbat haqida yozilgan jahondagi eng ajoyib qissa» deb atagan. Chingiz Aytmatov davlat va jamoat arbobi sifatida ulkan ishlarni amalga oshirmoqda. U Q. Muhammadjonov bilan hamkorliqda «Fudziyamadagi uchrashuv» nomli drama yozgan. Chingiz Aytmatov Qirg`iziston xalq yozuvchisi (1968), 1995 yildan Markaziy Osiyo xalqlari madaniyati assambleyasi Prezidentidir. U Mustaqil O`zbekistonning «Do`stlik» (1995), «Buyuk xizmatlari uchun» (1998) ordenlari bilan mukofotlangan. Qirg`iziston Reslublikasida Chingiz Aytmatov nomidagi Xalqaro «Oltin medal» mukofoti ta`sis etilgan (1999). Chingiz Aytmatovning asarlari 80 dan ortiq xorijiy tillarga tarjima qilingan. Chingiz Aytmatov «Momo yer», «Qizil durrachali sarvqomatim» kabi asarlarini avval qirg`iz tilida yozib, so`ng o`zi rus tiliga tarjima qilingan. Ba`zi asarlari esa, avval rus tilida yozilib (masalan, «Oq kema», «Alvido, Gulsari») so`ng qirg`iz tiliga o`girildi. Asarlari; «Yuzma-yuz», «Sarvqomat dilbarim», «Somon yo`li» (1963), «Momo yer», «Alvido Gulsari» (1966), «Oq kema», «Sohil yoqalab chopayotgan olapar» (1977), «Hoshim», «Gazetachi Dzyuydo», «Oq yomg`ir», «Sepoyachi», «Qiyomat» (1986, qahramonlari: Ober-Kandalov, Iso, Avdiy, Pontiy Pilat, Iuda, Grishan, Bozorboy, Ko`chqorboev, Guram Juxadze, Bo`ston, Sandro va boshq.), «Birinchi muallim» (1962), «Asrga tatigulik kun», «Kasandra tamg`asi» (1990), «Erta qaytgan turnalar» va boshqalar.
 
== Ishoratlar ==