Shimoliy Muz okeani: Versiyalar orasidagi farq

16 206 bayt qoʻshildi ,  10 yil oldin
tahrir izohi yoʻq
(Created page with 'shimoliy Muz okeani okeanlar ichida eng kichigi va eng sovug`i ekanligi hammamizga ma`lum.Undagi hayvonlar ko`k kitlardan shaxsiy manfatda foydalanish mumkin …')
 
Tahrir izohi yoʻq
Shimoliy muz okeani - Yer yuzidagi okeanlar orasida eng kichigi (dunyo okeani maydonining 4 foizini, maydoni 13,1 million km.kv. xajmi 17 mln.km.kub., o’rtacha chuqurligi 1225 m, eng chuqur joyi 5527 m (Grenlandiya dengizida) ni tashkil qiladi. U avvallari Shimoliy Qutbiy dengiz, Shimoliy Muz dengizi deb ham yuritilgan. Okean [[Yevropa]], [[Osiyo]] va [[Shimoliy Amerika]]ning shimoliy qirg‘oqlari oralig‘ida joylashgan. Ushbu ummon bo‘g‘ozlar orqali [[Atlantika okeani|Atlantika]] va [[Tinch okeani|Tinch okeanlari]] bilan tutashgan. U [[Dunyo okeani]]ning 2,8 foizini tashkil etadi. Maydoni — 14,75 million kvadrat kilometr. Suv hajmi — 18 million kub kilometr. O‘rtacha chuqurligi — 1220 metr. Eng chuqur joyi — 5527 metr ([[Grenlandiya dengizi]]ning shimoli-sharqiy qismi) Shimoliy muz okeani orollar soni bo‘yicha Tinch okeanidan so‘ng ikkinchi o‘rinni egallaydi. Eng yirik orol va arxipelaglari: Kanada Arktika arxipelagi, Grenlandiya, Shpitsbergen, Frants-Iosif Yeri, Yangi Yer, Shimoliy Yer, Novosibirsk, Vrangel. Ushbu okean mustaqil ummon sifatida [[|1650|1650-yilda]] golland geografi B.Varenius tomonidan ajratilgan va o‘sha davrda Giperborey okeani deb atalgan. [[1845|1845-yilda]] uni London geografiya jamiyati Shimoliy Muz okeani deb atadi.
shimoliy Muz okeani okeanlar ichida eng kichigi va eng sovug`i ekanligi hammamizga ma`lum.Undagi hayvonlar ko`k kitlardan shaxsiy manfatda foydalanish mumkin emas.
Iqlimi
Shimoliy muz okeani iqlimi [[Arktika]] iqlimiga mansub. Qishda okean markaziy qismi ustida Arktika antitsikloni (yuqori bosimli hudud), yozda past bosimli hudud joylashadi. Qishi juda sovuq va shamolli, havo harorati markaziy qismida o‘rtacha –28 dan –30 darajagacha. Shamol tezligi ba’zan bir soniyada 25 metrgacha yetishi mumkin. Yozi ham sovuq. Katta qismida havo harorati –10 dan -12 gacha, g‘arbiy chekka qismida qisqa muddat -6, -8 gacha ko‘tariladi. Bulutli va tumanli kunlar ko‘p bo‘ladi. Yog‘in, asosan, qor shaklida yog‘adi.
O‘simliklari va hayvonot dunyosi
Bu yerda fauna va flora turlari qutbga tomon kamayib boradi. Biroq hamma joyda diatom fitoplanktonlar jadal rivojlanadi, xususan, Arktika havzasi muzlarida ham. Shimoliy Yevropa havzasida hayvonot dunyosi turli-tuman bo‘lib, ularning turi 2000 dan oshadi. Baliqlardan seld, treska, dengiz olabug‘asi, piksha va boshqalar ko‘p uchraydi. Arktika havzasida oq ayiq, morj, tyulen, narval, beluxa va boshqalar yashaydi.
Muzliklari
Shimoiy muz okeanining eng muhim gidrologik xususiyatlaridan biri qishda uning o‘ndan to‘qqiz qismi muz bilan qoplanishidir. Baffin va Grenlandiya dengizlarida aysberglar bo‘ladi. Okeanning markaziy qismida 3-4 metr qalinlikdagi ko‘p yillik muz (pak) maydonlari uchraydi. Muzliklarning umumiy maydoni taxminan 26 ming kub kilometrni tashkil etadi. Arktika havzasida ko‘chib yuruvchi muz orollari ham bor. Ularning qalinligi 30-35 metrni tashkil etadi. Biroq so‘nggi vaqtlarda jahon olimlari tomonidan okeandagi muzliklar maydoni tobora qisqarib borayotgani aytilmoqda. Xususan, [[Kolorado universiteti]] tomonidan sun’iy yo‘ldosh orqali amalga oshirilgan tahlil ma’lumotlari shuni ko‘rsatadiki, muz maydonlar o‘rtacha hisobdan 14 foizga qisqargan. Agar vaziyat shu tarzda davom etaversa, 2070-yilga borib qutb muzliklari yoz davrida butunlay yo‘qolib ketishi bashorat qilinmoqda.
Iqtisodiy jihatlar
Shimoliy muz okeanidagi noqulay ob-havo sharoiti uning iqtisodiyotiga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Ummonning jahon xo‘jaligidagi rolining oshishi uning materikka yaqin yerlaridagi tabiiy resurslardan keng foydalanish bilan bog‘liq. Okean dengizlarida baliqning 150 va sut emizuvchilarning 17 turi yashaydi. Shuningdek, baliqlardan tashqari, okeandan dengiz hayvonlari ham ovlanadi. Oq dengizdan suv o‘tlar hamda qo‘rg‘oshin, rux, temir, molibden kabi foydali qazilmalar olinadi. Qolaversa, suv ostidan neft-gaz olish ham rivojlangan.
Okeanning yirik dengizlari orqali uch asosiy yo‘nalishda suv yo‘llari o‘tadi. Yirik portlari: Murmansk, Belomorsk, Arxangelsk, Dikson, Tiksi, Pevek (Rossiya); Tromsyo, Tronxeym (Norvegiya); Cherchill (Kanada).
Okeanga tahdid
Shimoliy muz okeani dunyoning eng kichik ummoni bo‘lsa-da, jahonning eng xavfli okeaniga aylanib bormoqda. Bunga sabab shuki, u [[Sovuq urush]] davrida radiatsion chiqindilar makoniga aylanib qolgan edi. Shu sababli endi okean kimyoviy bombaga aylanib borayapti. Bu haqda Butunjahon tabiatni muhofaza qilish jamg‘armasi (WWF) ma’lum qilgan. So‘nggi tadqiqotlarga ko‘ra, shimoliy muz okeanida DDT (dixlordifeniltrixlormetilmetan) ga o‘xshash taqiqlangan pestitsidlar, uni ishlab chiqaruvchi mamlakatlardagiga nisbatan ancha ko‘pligi aniqlangan. Shuningdek, ayrim zararli kimyoviy moddalar muzlar tarkibida mavjudligi ma’lum bo‘ldi. Bunday moddalar baliqlar, tyulen va hatto kitlar yog‘idan ham topilgan.
WWFning ta’kidlashicha, zararli kimyoviy moddalar oqimlar bilan shimol tomonga harakatlanmoqda. U yerda esa mazkur moddalar muzlab, ma’lum muddatdan so‘ng erigach, atrof-muhitni zaharlayapti.
 
Shimoliy muz okeani - Yer yuzidagi okeanlar orasida eng kichigi (dunyo okeani maydonining 4 foizini, maydoni 13,1 million km.kv. xajmi 17 mln.km.kub., o’rtacha chuqurligi 1225 m, eng chuqur joyi 5527 m (Grenlandiya dengizida) ni tashkil qiladi. Yevrosiyo orqali Atlantika va Tinch okeanlar bilan tutashgan, Shimoliy muz okeani dastlab mustaqil okean sifatida 1650 yilda golland geografi V. Verenius tomonidan ajratilgan va o’sha davrda Giperborey okeani deb atalgan. 1845 yilda uni London geografiya jamiyati Shimoliy Muz okeani deb atadi.
Okean tubiga cho’kkan jinslarning qalinligi 1.5-2.5 km. Materik sayozligidagi, asosan, terrigen, suv osti tizmalari va chuqur soyliklar, materik yon bag’ri foraminafera mikro faunali ko’kli balchiq cho’kindi jinslardan iborat. Cho’kindilarning qalinligi har 1000 yilda 2-6 sm ortib boradi. Shimoliy Muz okeani iqlimining shakllanishida Shimoliy Atlantika va Tinch okeani iliq oqimlarining ahamiyati katta. Qish oylari (yanvar-aprel) da Arktika havzasi ustida Arktika antitsikloni joylashadi. Atlantika okeanidan siklonlar Shimoliy muz okeaniga Baffin, Grenlandiya dengizlari orqali kirib keladi. Yozda esa turg’un, lekin nisbatan kuchsiz antitsiklonlar Arktika havzasining Alyaska yarim oroli va Chukotka dengizidan shimoliy qismida kuchayib Shimoliy Yevropa havzasi ustida yil davomida Islandiya minimumi, Grenlandiya ustida esa eng yuqori atmosfera bosimi ’ukmron, Shimoliy Yevropa havzasi orqali ob-havoga keskin taosir ko’rsatuvchi va ancha ichkariga kirib boruvchi siklonlar o’tadi. Kuz va ayniqsa qishda kuchli to’lqinlar, namlikning yuqori va havo trassasining past bo’lishi kema yurishini juda qiyinlashtiradi. Osmonning bulut bilan qoplanishi yozda 90 %, qishda 50%. Yog’in asosan qor shaklida yog’adi. Yillik yog’in Arktika havzasida 150 mm gacha, shimoliy Yevropa havzasida 250 -300 mm. Qor qoplami yozda hamma joyda deyarli erib ketadi.
Shimoliy Muz okeanida suv yuza qatlami va muzlarning sirkulyatsiyasi hamda Tinch va Atlantika okeanlari bilan suv almashinish asosan, shamolning yo’nalishiga bog’lik, Arktika havzasi uchun esa suvning siklonal sirkulyatsiiyasi harakterlidir. Shimoliy Yevropa havzasi uchun esa suvning qatlami va muzliklarning sirkulyatsiyasi Arktika havzasini Chukotka dengizidan kesib o’tuvchi trans Arktika oqimiga, Alyaskadan shimoldagi Sharqiy antitsiklonal aylanma harakatga, Sharqiy Grenlandiya sovuq oqimga va Norvegiya iliq oqimiga bog’liq. Suv sathininng ko’tarilishi har yarim sutkada takrorlanadi. Balandligi Shimoliy Yevropa havzasida 1m, Arktika havzasida 0.5 m, maksimali 6 m.
O’simlik va hayvonot dunyosi Shimoliy muz okeaning turli qismida har xil. Dengiz tubida o’suvchi va xo’jalikda foydalaniladigan suv o’tlar (laminariya, fukus) Islandiya, Norvegiya, Kola yarim oroli qirg’oqlari yaqinidagi iliq suvlarda va Barens dengizida ko’proq uchraydi. Arktika havzasining sovuq suvlarida o’simlik juda kam, lekin Shimoliy muz okeanining hamma qismida fitoplankton keng tarqalgan. Hayvonot dunyosi ’ilma xil. Shimoliy Yevropa havzasida hayvonlarning 2000 dan ziyod turi, jumladan kitlar, baliqlardan seld, treska, dengiz olabug’isi, piksha va boshqalar yashaydi. Arktika havzasida sut emizuvchilardan oq ayiq, morj, tyulen va ’okazolar uchraydi. Baliqlarning turi kam. Hayvon va o’simliklar soni qutbga tomon keskin kamayib boradi.
Shimoliy Yevropa havzasi dengizlari va Baffin dengizida azaldan baliq va boshqa dengiz hayvonlari ovlanadi. Barens dengizi, Islandiya qirg’oqlari yaqinida va Baffin dengizida yiliga 12 mln. t. dan ziyod seld, treska, paltus, dengiz olabug’asi va boshqa baliqlar ovlanadi.
Barcha davrlarda u yoki bu davlatning tashqi siyosati o‘ziga xos xususiyatga ega bo‘lgan. Ammo dunyoni egallash yoki yangi-yangi yerlarni o‘z davlatlariga qo‘shib olish kabi maqsadlar turli davrlarda o‘z ahamiyatini yo‘qotmaganini bugungi kunda ham ko‘rib turibmiz. Buyuk geografik kashfiyotlar paytida Kolumbning bilib-bilmay yangi qit’ani ochgani o‘sha davrning kuchli mamlakatlari uchun qo‘l keldi. Ular tez orada yerlarni bo‘lib olishga kirishgani tarixdan ma’lum. Ammo sayyoramizning ming yillar davomida deyarli hech kimning e’tiborini tortmagan Arktika kabi hududlari borki, ular bir vaqtlar «xo‘jayini yo‘q» yerlar sirasiga kiritilib, «olijanoblik» nuqtai nazaridan hech ikkilanmay «bu yerlar insoniyatning bo‘linmas boyligidir» deya e’tirof etilgan. Bugun esa shijoat bilan aytilgan o‘sha so‘zlarning mualliflari bo‘lmish davlatlarning o‘zi o‘z g‘oyalarini inkor qilmoqdalar. «Doimiy» deb atalib kelingan muzliklar makoni xalqimizda keng tarqalgan «hamma narsa o‘tkinchi» iborasini yodga olishga majbur etadi. Ha, global isishning oqibatida bu muzliklar eriy boshladi. To‘g‘ri, tadqiqot qilish maqsadida sayyohlar Arktikada ko‘plab ekspeditsiyalar olib borgan. Ammo ular bugungi ekspeditsiyalardan tubdan farq qilar edi. Asosiy farq texnika va asbob-uskunalar o‘rtasida emas, balki sayohatlar maqsadining o‘zgarishidadir. Ilgari Piri, Amundsen, Sedov kabi qutbshunoslar sarguzashtlar ishtiyoqida inson qadami yetmagan yerlarni topish istagida yo‘lga otlangan bo‘lsa, bugungi kunning «ashaddiy» sayohatchilari o‘z davlati iqtisodiyotini rivojlantirish ilinjida Shimoliy qutbda qizg‘in tekshiruvlar o‘tkazmoqda. Axir qalin muzliklar ostida cheksiz boylik — tabiiy resurslar yashiringan-da. “Arktika” grek tilida “arctos” – ayiq (Katta ayiq yulduzlar turkumi nazarda tutilmoqda) yoki “arktikos” – shimoliy degan ma’noni anglatadi. Uning tarkibiga Shimoliy muz okeanining deyarli barcha orollari (Norvegiya qirg‘og‘i bo‘yidagi orollardan tashqari), Yevroosiyo va Shimoliy Amerika materiklari hamda Atlantika va Tinch okeanining qutbga yaqin qismlari kiradi. Maydoni 27 mln. kv. km bo‘lgan ushbu hududda harorat yer yuzining boshqa joylariga qaraganda ikki baravar tez ko‘tariladi. Uzoq yillar davomida Arktikaga inson yashay olmaydigan “o‘lik yer” sifatida qaralgan. Ammo global isish o‘z ta’sirini ko‘rsatmoqda. Kanadalik bir guruh olimlarning 2004 yilda e’lon qilgan ma’lumotiga ko‘ra, Shimoliy qutbga qarashli Kanada sharqidagi muzliklar 1969 — 2004 yillar davomida 15 foizga kamaygan bo‘lsa, oxirgi 30 yil mobaynida Arktika muzlari deyarli yarim baravar qisqargan. 2040 yilga borib, shimoliy dengizlar yozda muz bilan qoplanmaydigan bo‘ladi. 70-yillarda esa Yer shari umuman shimoliy muz qismidan ayrilishi mumkin. Vaziyat shunday davom etadigan bo‘lsa, muzliklar ostiga yashiringan boy tabiiy resurslar, jumladan, ko‘pchilikning diqqat e’tiborida bo‘lgan neft ko‘p o‘tmay o‘z “qora”sini ko‘rsatishi ehtimoldan xoli emas. Turli mamlakatlar olimlarining olib borgan tadqiqotlaridan kelib chiqib shu narsa ma’lum bo‘ldiki, Arktikada qalay, oltin, nikel, platina, qo‘rg‘oshin va marganets konlari bo‘lishi bilan birga suv tubida 113 mlrd. tonna uglevodorod yonilg‘isi — neft va tabiiy gaz mavjud. Solishtirish uchun resurslarga boy davlatlardan biri Saudiya Arabistonida 43 mlrd. tonna, Rossiyada 51 mlrd. (asosan gaz hisobiga), Eronda 33 mlrd. tonna shunday boylik jamlanganini keltirib o‘tishimiz mumkin. Buyuk Britaniyaning “British Petrolium” nomli neft kompaniyasi hisobotida keltirilishicha, dunyo «qora oltin» zahirasi yana 40 yilga yetadi, xolos. Ushbu raqamlar muzliklar makonining ahamiyatini yanada ko‘tarishi bejiz emas. Shu sababli bir qancha davlatlar, xususan, Rossiya, Kanada, AQSh, Daniya va Norvegiya Arktikada o‘z ulushiga ega bo‘lish uchun kurashmoqdalar. BMT universiteti qoshidagi Amerika kengashining taxminlariga ko‘ra, Arktika XXI asrning eng “qaynoq” nuqtasiga aylanishi mumkin. Ta’kidlab o‘tganimizdek, Arktika uchun kurash asosan beshta davlat o‘rtasida kechmoqda. Rossiyadan farqli o‘laroq, Daniya, Kanada, AQSh va Norvegiya NATO a’zosi hisoblanadi.XX asrning 50-yillarida Kanada birinchi bo‘lib Shimoliy qutbga da’vogarligini e’lon qilgandi. Xalqaro sud 100 yil ichida u yoki bu davlat Shimoliy muz okeani unga tegishliligini isbotlamagan taqdirdagina ushbu maydon Kanadaga o‘tishini aytgan.Biroq 2004 yilda Daniya qutb uchun o‘z huquqlarini talab qila boshladi. Bunga Grenlandiyaning Lomonosov suvosti tog‘ tizmasi orqali Arktikaga bog‘liqligi sabab qilib ko‘rsatildi. Ma’lumki, Grenlandiya 1933 yildan buyon Daniyaning muxtor o‘lkasi hisoblanadi. Ammo Rossiyaning harakatlari qolgan davlatlarni faolroq bo‘lishga undayotgani aniq. Gap shundaki, rus olimlari tarixda birinchi bo‘lib Shimoliy muz okeani tubida tadqiqot o‘tkazishdi. “Arktika — 2007” deb nomlangan ushbu ekspeditsiyani Artur Chilingarov boshqardi. Chuqur suv ostida tadqiqotlar o‘tkazishga mo‘ljallangan “Mir” apparati 4200 metr suv ostiga tushirilib, u yerda mamlakat bayrog‘i o‘rnatildi. Ekspeditsiyadan maqsad esa Lomonosov suvosti tog‘ tizmasi Sibir platformasining davomi ekanini isbotlashdir. Tadqiqotchilardan biri Viktor Poselovning aytishicha, tekshiruvlardan so‘ng suv ostidan olingan tuproq haqiqatan ham Sibir yerlariga mansub ekani aniqlanishi mumkin. Ammo oxirgi natijalar BMTda tekshirilgandan so‘nggina e’lon qilinadi. Ushbu tadqiqotlardan keyin bir qancha davlatlar ommaviy axborot vositalarida da’vogar mamlakatlarning turli fikrlari bildirildi. Jumladan, AQSh davlat departamenti vakili Tomas Keysi shunday deydi: “Ular okean ostida nima qoldirganini bilmayman – xoh metal bayroq bo‘lsin, xoh rezinali bayroq yoki umuman choyshab bo‘lsin. Nima bo‘lgan taqdirda ham bu harakat ularning bu hududga egaligini bildirmaydi”. Kanada tashqi ishlar vaziri Piter Makkey Rossiya ekspeditsiyasining okean tubiga bayroq o‘rnatishini “oddiy shou” deb atagan bo‘lsa, bunga javoban uning rossiyalik hamkasbi o‘zidan keyin bayroq qoldirish allaqachon an’anaga aylanganini, hatto, Oyning zabt etilishida ham shunday qilinganini ta’kidlab o‘tdi. «Gardian» gazetasida Norvegiya qutb instituti boshlig‘i Kim Xolmenning Rossiyaning Sibir platformasiga tegishli yerlarni (Lomonosov suv osti tizmasi) o‘zlashtirayotganini inkor etgan so‘zlarini keltirib o‘tadi: “Bir paytlar AQSh va Yevropa ham yaxlit bo‘lgan. Shotlandiya tog‘lari va Appalachi bir xil geologik tarkibga ega. Biroq Shotlandiya AQShning bir qismi unga tegishli ekaniga da’vo qila olmaydi, albatta”. O‘z navbatida, Qo‘shma Shtatlar bu “jang”ga kirishi uchun dengiz huquqlari bo‘yicha BMT Konventsiyasiga a’zo bo‘lishi kerak. Eslatib o‘tamiz, Arktika shelfi va chegaralari BMTning 1982 yilda qabul qilingan dengiz huquqlari Konventsiyasida belgilab qo‘yilgan. Mazkur hujjatga ko‘ra, qirg‘oqqa yaqin davlatlarning iqtisodiy hududi materik va orollardan 200 dengiz mili, ya’ni 370 km. ga teng etib belgilangan. Bugungi kunda Konventsiyani 155 mamlakat ratifikatsiya qilgan. Amerika tashqi siyosat idorasining vakili kongress yozgi ta’tildan kelishi bilanoq Konventsiyaning ratifikatsiya qilinishini ta’kidlamoqda. Shu taqdirdagina Vashington Alyaska qirg‘oqlaridan boshlab Shimoliy muz okeanidagi 600 millik (1000 km. atrofida) hududga da’vogarlik qilishi mumkin. Ko‘rib turganingizdek, bu boradagi kurash qizg‘in tusga kirib bormoqda. Ehtimol, BMT Konventsiyasi bu yerda hech narsani hal qila olmas. Chunki Iroqqa ham Tashkilotning qarshiligiga qaramay urush e’lon qilingandi.