Shimoliy Muz okeani: Versiyalar orasidagi farq

k
tahrir izohi yoʻq
kTahrir izohi yoʻq
'''Shimoliy muz okeani''' - Yer yuzidagi okeanlar orasida eng kichigi (dunyo okeani maydonining 4 foizini, maydoni 13,1 million km.kv. xajmi 17 mln.km.kub., o’rtacha chuqurligi 1225 m, eng chuqur joyi 5527 m (Grenlandiya dengizida) ni tashkil qiladi. U avvallari Shimoliy Qutbiy dengiz, Shimoliy Muz dengizi deb ham yuritilgan. Okean [[Yevropa]], [[Osiyo]] va [[Shimoliy Amerika]]ning shimoliy qirg‘oqlari oralig‘ida joylashgan. Ushbu ummon bo‘g‘ozlar orqali [[Atlantika okeani|Atlantika]] va [[Tinch okeani|Tinch okeanlari]] bilan tutashgan. U [[Dunyo okeani]]ning 2,8 foizini tashkil etadi. Maydoni — 14,75 million kvadrat kilometr. Suv hajmi — 18 million kub kilometr. O‘rtacha chuqurligi — 1220 metr. Eng chuqur joyi — 5527 metr ([[Grenlandiya dengizi]]ning shimoli-sharqiy qismi) Shimoliy muz okeani orollar soni bo‘yicha Tinch okeanidan so‘ng ikkinchi o‘rinni egallaydi. Eng yirik orol va arxipelaglari: Kanada Arktika arxipelagi, Grenlandiya, Shpitsbergen, Frants-Iosif Yeri, Yangi Yer, Shimoliy Yer, Novosibirsk, Vrangel. Ushbu okean mustaqil ummon sifatida [[|1650|1650-yilda]] golland geografi B.Varenius tomonidan ajratilgan va o‘sha davrda Giperborey okeani deb atalgan. [[1845|1845-yilda]] uni London geografiya jamiyati Shimoliy Muz okeani deb atadi.
 
==Iqlimi==