Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
MerlIwBot (munozara | hissa)
k Bot Tuzatdi: kk:Әли ибн Әбу Tалиб (deleted)
"ba`zi ashaddiy firqalari" BOLD görüshmasi gerak dir .
Qator 1:
{{Islom}}
'''Ali''' ibn Abu Tolib (taxm. 600-661, Ko`fa) - [[islom]]da "xulafo ar-roshidin" ("to`g`ri yo`ldan borgan xalafalar"), dindorlar o`rtasida "choryorlar" deb atalgan dastlabki 4 [[xalifadan]] to`rtinchisi. [[Quraysh qabilasi]]ning hoshimiylar xonadonidan. [[Muhammad (S.A.V)]]ning amakivachchasi va kuyovi (Fotimaning eri). Islomda vujudga kelgan shialik harakati bevosita Ali ismi bilan bog`liqdir. [[VII asr]] o`rtalarida xalifa [[Usmon]] siyosatidan norozilik ommaviy tus oldi. [[Muhammad (S.A.V)]]ning barcha yurishlarida ishtirok etgan, qo`rqmas va sodiq jangchi, o`ta taqvodor inson, mohir notiq Ali xalifalikka munosib nomzod sifatida ko`pchilikka ma`qul edi. [[656]] - yil [[iyun]]da [[Usmon]] o`ldirildi va Ali xalifa deb e`lon qilindi. Ammo sahobalardan Talha va az-Zubayr hamda Aliga nisbatan adovatda bo`lgan payg`mbarning bevasi Oysha tarafdorlari unga qarshi bosh ko`tardilar. Qatl etilgan Usmonning qarindoshi [[Suriya]] hokimi Muoviya ham Aliga qarshi urush e`lon qildi. [[657]]-yil Furot daryosi o`ng qirg`og`idagi Siffin degan joyda yuz bergan jangda Ali qo`li baland kelgan bo`lsada, u raqiblari bilan kelishishga ko`ndi. Bundan norozi bo`lgan Ali askarlaridan 12 ming kishi jang maydonini tark etdilar va xorojiylar deb atalgan diniy-siyosiy oqimni tashkin qildilar. Xorijiylar raqiblariga nisbatan yakka terror usulini qo`llay boshladilar. [[661]] yil [[19-yanvar]]da Ali Ibn Muljam degan shaxs tomonidan [[masjid]]dan chiqish paytida jarohatlanadi va ikki kundan so`ng vafot etadi. [[Islom]]da Ali shaxsiga munosabat turlichadir. Xorijiylar unga o`ta salbiy munosabat bildirgan bo`lsalar, shialar aksincha uni ilohiylashtirib yuborganlar. Ahli sunna Ali shaxsiga mo`tadil va to`g`ri baho beradi. Shubhasiz, Ali Umar al-Xattob singari [[islom]] g`alabasi yo`lida katta xizmat ko`rsatgan arbob, islom ahkomlari, [[Qurʼon]] va uning tavsirlari hamda [[hadis]] rivoyatlari bilan bog`liq ko`p masalalarning chuqur bilimdoni bo`lgan. Ali tarafdorlari keyinchalik [[islom]]dagi [[shia]]lik (arab. - "shia" - guruh, bu o`rinda "Ali tarafdorlari" mazmunida) oqimini tashkil etganlar. Ali shialarning qahramonliklari va sarguzashtlarini tasvirlovchi juda ko`p rivoyatlar to`qilgan va bu [[Sunniy mazhab|sunniylar]] o`rtasida ham keng yoyilgan. [[Shia]] yo`nalishinig '''ba`zi ashaddiy firqalari''' Ali shaxsini ilohiylashtirib, uni [[Muhammad (S.A.V)]]dan ham yuqori qo`yadilar. [[O`rta Osiyo]], xususan [[O`zbekiston]]da bir necha qadamjo va [[mozor]]lar Ali nomi bilan bog`lanib, muqaddaslashtirilgan. Haqiqatda esa Ali [[O`rta Osiyo]] va [[Eron]]da hech qachon bo`lmagan.
[[Tasvir:Investiture of Ali Edinburgh codex.jpg|thumb|left|Ali]]
{{Islam-stub}}