Buxoro viloyati: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Tahrir izohi yoʻq
Qator 19:
 
== Tarix ==
 
<br />Avvaliga Buxoro viloyati respublikaning kattagina 144 ming km<sup>2</sup> maydonini egallagan edi. 1982 yili Oʻzbekiston xaritasida Navoiy viloyatining paydo boʻlishi tufayli Buxoro viloyatining maʼlum bir qismi (Konimex, Navbahor, Tomdi, Uchquduq, Qiziltepa qishloq tumanlari va Navoiy, Zarafshon shaharlari) ana shu viloyatga berildi. Shunga koʻra uning maydoni kichrayib, 39,4 ming km<sup>2</sup> teng boʻlib qoldi. Koʻrinib turibdiki, Buxoro viloyati maydonining kattaligi jihatidan hali ham ancha yuqori oʻrinni - Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Navoiy viloyatidan keyin uchinchi oʻrinni egallab turibdi. Aholisining soni boʻyicha esa u toʻqqizinchi oʻrinda. Viloyatda istiqomat qiladigan aholi soni 1539,4 ming kishini tashkil etadi (2006 yil). Aholisining uchdan ikki qismi qishloq aholisi. Hududning har bir km<sup>2</sup>iga oʻrta hisob bilan 35 kishi toʻgʻri keladi.<br />
 
 
== Tumanlari ==
 
Viloyat hududi 11 qishloq tumanlariga boʻlinadi. Ular quyidagilar: Buxoro, Jondor, Kogon, Vobkent, Olot, Peshku, Romitan, Shofirkon, Qorovulbozor, Gʻijduvon, Gallaosiyo. Shaharlarining soni 11 ta: [[Buxoro]], [[Vobkent]], [[Gazli]], [[Kogon]], [[Olot]], [[Romitan]], [[Shofirkon]], [[Qorakoʻl]], [[Qorovulbozor]], [[Gallaosiyo]], [[Gʻijduvon]].
 
 
== Foydali Qazilmalari ==
Viloyat hududida tabiiy gaz, neft, grafit, betonit, marmar, granit, gips, oltingugurt, ohak va boshqa qurilish mollari uchun xom ashyoning boy konlari o`rganilgan.
 
Viloyat hududida tabiiy gaz, neft, grafit, betonit, marmar, granit, gips, oltingugurt, ohak va boshqa qurilish mollari uchun xom ashyoning boy konlari o`rganilgan.
 
 
== Sanoat ==
 
Eng faol sanoat yo`nalishlari paxta tozalash, to`qimachilik va ipakchilik sanoatidir. Kashtachilik, kulolchilik va ganjkorlik singari an`anaviy o`zbek hunarmandchiligi qayta tiklangan. Qandim, Oqqum, Parsonko`l hududlarida neft, tabiiy gazning katta zahirasi mavjud, taxminiy neft zahirasi hajmi 10 million tonna, tabiiy gaz hajmi 220 milliard kub metrdir. Viloyat hududidagi eng yirik, zamonaviy, Respublika ahamiyatiga ega bo`lgan sanoat korxonalaridan biri “Qorovulbozor neftni kayta ishlash zavodi” ushbu zahiralar asosida ishlaydi.
Buxoro shahri qorako`l terisini qayta ishlash, duradgorlik, yog`och o`ymakorligi, zargarlik, misgarlik, nafis san`at namunalarini yaratish, shuningdek rivojlangan oziq-ovqat sanoatiga ega.
Qator 40 ⟶ 36:
== Iqtisod ==
 
Eng asosiy qishloq xo`jaligi mahsulotlari – paxta, bug`doy, qorako`l teri va tabiiy ipakdir. Qishloq xo`jaligi faoliyati viloyatning faqat sug`oriladigan yerlarida olib boriladi.
Viloyatda tadbirkorlik va xususiy biznesni rivojlantirish dasturiga ko`ra ipakchilik sanoatini qayta jihozlash, qurilish materiallari sanoatini hamda kommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish, qishloq xo`jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishni yanada yaxshilash va ularning qayta ishlanishini rivojlantirish, xizmat ko`rsatuvchi sektor hamda sayyohlikni rivojlantirishga katta e`tibor qaratilgan. Viloyatda 20 dan ortiq sayyohlik kompaniyalari hamda 50 dan ortiq zamonaviy mehmonxonalar faoliyat olib bormoqda.