Bunyodkor PFK: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Tahrir izohi yoʻq
Qator 20:
'''Bunyodkor PFK''' (Bunyodkor Professional futbol klubi; sobiq '''Quruvchi PFK''') - [[Toshkent]] shahri jamoasi. [[O'zbekiston Oliy Ligasi]] vakili. Bunyodkor PFK 2008-yili Oliy Ligada birinchi oʻrinni egalladi. [[2008]]-yilning 4-avgustidan klub nomi oʻzgartirildi.<ref>[http://pfc-kuruvchi.com/uzb/news_details.asp?newsID=704 "Quruvchi" bundan buyon endi "Bunyodkor" deb yuritiladi]</ref>
 
2008-yil iyulida [[Samuel Eto'o]], [[Andrés Iniesta]], [[Carles Puyol]] va [[Cesc Fàbregas]] [[FC Barcelona|Barcelona]]-Bunyodkor hamkorligi<ref>[http://www.bunyodkor.uz/uzb/news_details.asp?newsID=682 "Barselona" bilan shartnoma imzolandi]</ref> dasturi doirasida Toshkentga [[master-klass]] koʻrsatish uchun kelib ketishdi. Oz vaqt oʻtib, 22-avgust kuni jamoaga [[Luiz Carlos Nascimento Júnior|Luizão]] qabul qilingani xabar qilindi.<ref>[http://www.bunyodkor.uz/uzb/news_details.asp?newsID=745 Luizao - №%5]</ref> 25-avgust kuni esa yana bir transfer - braziliyalik [[Rivaldo]]ning "Bunyodkor" klubiga taklif etilgani eʼlon qilindi.
Klub tarixi
 
«BUNYoDKOR» FUTBOL KLUBI TARIXI
 
 
Asosiy ma'lumot:
 
Nomi: «Bunyodkor» futbol klubi
 
Tashkil etilgan sana: 6 iyul 2005 yil
 
Klub ranglari: Oq, ko'k, qizil
 
 
Yutuqlari:
 
2008 yil O'zbekiston chempioni
 
2007 yil chempionati kumush sovrindori
 
2008 yil O'zbekiston Kubogi sohibi
 
2007 yil O'zbekiston Kubogi finalchisi
 
2008 yil OFK ChL yarim finalchisi
 
2007 yil O'zbekiston birinchi ligasi g'olibi
 
2006 yil O'zbekiston ikkinchi ligasi g'olibi
 
Server Jeparov – 2008 yil O'zbekiston chempionatining eng yaxshi futbolchisi
 
Server Jeparov – 2008 yil Osiyoning eng yaxshi futbolchisi
 
 
Murabbiylar:
 
Mavzur Umarxo'jaev 2005 yil
 
Hikmat Ergashev 2006 – 2007 yillar
 
Mirjalol Qosimov 2008 yil
 
ZIKO, Artur Antunesh Koimbra 2008 yil
 
Amet Memet 2009 yil
 
Luiz Felippe Skolari 2009 yil apreldan shu kungacha
 
 
Tarixi:
 
«Bunyodkor» futbol klubi havaskorlik jamoasidan O'zbekiston chempioni, mamlakat kubogi sohibi va qit'a chempionlar ligasi yarim finalchisigacha bo'lgan yo'lni to'rt yil ichida toqat bilan bosib o'tdi.
 
2005 yilda Toshkent viloyati chempionatida (2-liga) ishtirok etayotib, jamoa O'zbekiston birinchi ligasiga chiqish uchun kurashish huquqini beruvchi yo'llanmani qo'lga kiritdi. “Quruvchi” bu vazifani muvaffaqiyat bilan uddaladi va 2006 yilda milliy birinchilikning birinchi divizionida o'ynay boshladi. "Quruvchi" Hikmat Ergashev rahbarligi ostida 38 ta uchrashuv (27 g'alaba, 5 ta durang va 6 ta mag'lubiyat) o'tkazib, dastlabki urinishda liga turnirida g'olib chiqdi va 2007 yil oliy ligada qatnashish huquqini qo'lga kiritdi.
 
2007 yil mavsumi "Quruvchi" uchun oliy ligada debyut davri bo'ldi. Toshkent klubi mamlakat miqyosidagi bir nechta rekordlarni bir yo'la yangiladi (masalan, eng ko'p urilgan va eng kam o'tkazib yuborilgan to'plar soni, favoritlar bilan o'yinlarda olingan ochkolar soni bo'yicha). Bundan tashqari, "Quruvchi" hujumchisi Ilhom Mo'minjonov chempionatning eng yaxshi to'purari bo'ldi.
 
2007 yil mavsumida "Quruvchi" oliy ligada 30 ta uchrashuv o'tkazdi (22 ta g'alaba, 5 ta durang va 3 ta mag'lubiyat, urilgan va o'tkazib yuborilgan to'plar farqi 62 - 16) va 71 ta ochko to'plab, O'zbekiston chempionatlari tarixida birinchi marta kumush medallarni qo'lga kiritdi. "Quruvchi" mamlakat Kubogida ham muvaffaqiyatli qatnashib, finalga chiqdi. Finalda "Quruvchi" mamlakat chempioni "Paxtakor" ga qarshi maydonga tushdi. O'yinning asosiy va qo'shimcha vaqti durang natija - 0:0 bilan tugadi. Penaltilar seriyasida "Quruvchi" futbolchilariga omad kulib boqmadi (6-7).
 
- O'ta qisqa vaqt ichida bizning jamoa shu qadar o'sdiki, nafaqat O'zbekiston, balki Osiyoda ham yuqori o'rinlarga da'vogarlik qila boshladi, - deya bu o'zgarishlarni izohladi klub vitse-prezidenti Tavakkal Ismoilov. – Sport natijalari bilan bir qatorda zamonaviy professional futbol klubiga mos keladigan klub infratuzilmasi ham yaratildi. Xususan, bizning muassasislarimiz va homiylarimiz soni keskin ravishda o'sdi. Ularning asosiy qismi O'zbekiston iqtisodiyotining yaratuvchanlik jabhasida faoliyat yuritadi. Shuni hisobga olgan holda, biz klub nomini "Bunyodkor" deb o'zgartirishga qaror qildik.
 
2008 yil "Bunyodkor" FK tarixidagi eng omadli yil bo'ldi. Mavsum boshlanishi oldidan jamoa tarkibi sezilarli darajada mustahkamlandi, mamlakatimizning eng yosh murabbiylaridan biri Mirjalol Qosimov klubga bosh murabbiy bo'ldi. Yoz oxirida «Bunyodkor» FK jahon chempioni Rivaldo, braziliyalik himoyachi Luizao va chililik hujumchi Villyanueva bilan shartnoma imzoladi. Mamlakat terma jamoasi murabbiyi etib tayinlangan Qosimov o'rniga taniqli mutaxassis – ZIKO taklif etildi. U Mirjalol Qosimov boshlagan ishni oxiriga etkazdi. Braziliyalik murabbiy rahbarligida jamoa mamlakat chempioni va O'zbekiston Kubogi sohibi nomini qozondi.
 
2009 yil boshida «Sport Park Toshkent» sport-kompleksining keng miqyosli qurilishi boshlandi. Qiymati 150 million dollar bo'lgan bu noyob loyiha 35 ming tomoshabinga mo'ljallangan ikki qavatli arena va usti yopiq tribunalarni o'z ichiga olgan futbol stadionidan iborat. Loyiha o'z futbol akademiyasiga mo'ljallangan ettita, shu jumladan, ikkita sun'iy maysa bilan qoplangan mashg'ulot maydoni, mehmonxona, qayta tiklanish va restoran majmuini o'z ichiga oladi.
 
 
 
 
== Tarkibi ==
{{Fs start}}
{{Fs player|no=1|nat=UZB|name=[[Ignatiy Nesterov]]|pos=GK}}
{{Fs player|no=3|nat=TKM|name=[[Goçguly Goçgulyýew]]|pos=DF}}
{{Fs player|no=4|nat=UZB|name=[[Hayrulla Karimov]]|pos=DF}}
{{Fs player|no=6|nat=UZB|name=[[Anvar Ghofurov]]|pos=DF}}
{{Fs player|no=7|nat=UZB|name=[[Aziz Haydarov]]|pos=MF}}
{{Fs player|no=9|nat=UZB|name=[[Shavkat Salomov]]|pos=DF}}
{{Fs player|no=12|nat=UZB|name=[[Murod Zukhurov]]|pos=GK}}
{{Fs player|no=14|nat=UZB|name=[[Shavkat Raimqulov]]|pos=DF}}
{{Fs player|no=15|nat=UZB|name=[[Miraziz Jalalov]]|pos=FW}}
{{Fs player|no=18|nat=UZB|name=[[Timur Kapadze]]|pos=MF}}
{{Fs player|no=19|nat=UZB|name=[[Jasur Hasanov]]|pos=MF}}
{{Fs player|no=20|nat=UZB|name=[[Anvarjon Soliev]]|pos=FW}}
{{Fs player|no=22|nat=UZB|name=[[Victor Karpenko]]|pos=MF}}
{{Fs player|no=23|nat=UZB|name=[[Sahob Juraev]]|pos=DF}}
{{Fs player|no=24|nat=UZB|name=[[Anzur Ismailov]]|pos=DF}}
{{Fs player|no=25|nat=UZB|name=[[Pavel Bugalo]]|pos=GK}}
{{Fs player|no=28|nat=UZB|name=[[Ruslan Melziddinov]]|pos=MF}}
{{Fs player|no=30|nat=UZB|name=[[Server Djeparov]]|pos=MF}}
{{Fs player|no=32|nat=UZB|name=[[Mukhiddin Khudoyrov]]|pos=GK}}
{{Fs player|no=35|nat=UZB|name=[[Sandjar Turaqulov]]|pos=MF}}
{{Fs player|no=33|nat=UZB|name=[[Abdughahhor Hojiakbarov]]|pos=DF}}
{{Fs end}}
 
<!-- 2008-yilning 17-iyulida Samuel Eto'o Toshkentga tashrif buyurdi.<ref>[http://www.pfc-kuruvchi.com/uzb/news_details.asp?newsID=667 Eto'o Toshkentda!]</ref><ref>[http://www.championat.ru/news.php?sport=football&id=124893&sid=fa3e3a848a0c600aa3980a27aecb49d1 Это'О положил конец слухам о своём переходе в "Курувчи"] {{ref-ru}}</ref> -->
 
== Manbalar ==
{{reflist}}
{{Sound sample box align right|}}
{{Listen
| Fayl = bunyodkor_gimn.ogg
| Nom = "Bunyodkor" PFKning madhiyasi
| Tavsif = http://www.bunyodkor.uz saytidan olindi
}}
{{sample box end}}
== Ishoratlar ==
* [http://www.bunyodkor.uz Rasmiy sayti]
 
{{football-stub}}
 
{{Oliy Liga}}
 
[[Turkum:Oliy Liga jamoalari]]