Steve Jobs — versiyalar orasidagi farq

Ish faoliyati haqida haqida yozdim (ilk yillar)
(manba qo'shdim)
(Ish faoliyati haqida haqida yozdim (ilk yillar))
 
==Ish faoliyati==
=== Apple ===
[[File:Logo Apple.inc.gif|thumb|160px|left|Tishlangan olma - "Apple.Inc" kompaniyasi timsoli. "Apple" Inglizchada "olma" degani.]]
===Ilk Apple yillar===
1976-yilda Stiv Jobs va Stiv Vozniak tomonidan yaratilgan "Apple" - Amerikada kapital hajmi jihatdan ikkinchi o'rinda turadigan kompaniya. Lekin aslida Stiv Jobs kompaniyani 17 yoshida, uyining garajida ishlay boshlagan. Yigit maktabda a'lochi emasdi, ammo texnologiyaga juda qiziqar edi. Yuqori sinfda o'qib yurgan paytlarida "Hewlett-Packard" kompaniyasi taklif qilgan kechki kurslarga qatnadi. Keyinchalik u yerda "yugurdak" bo'lgan, yozda vaqtincha ishlagan.<ref>[http://www.voanews.com/uzbek/news/Steve-Jobs-Apple-131185188.html Stiv Jobs, ilg'or texnologiya asoschisi, vafot etdi], ''voanews.com''</ref>
1974 yil Stiv Jobs maktab davrida tanishgan do’sti [[Stiv Vozniak]] (Steve Wozniak) bilan yana uchrashadi va unga birga biznes ochishni taklif qiladi. Stiv Vozniak o’sha paytda [[HP]] (Hewlett-Packard) kompaniyasida ishlardi. 1976 yil Jobsning Fol’ksvagen minibusini va Vozniakning programmalasa bo’ladigan kal’kulyatorini sotib, ikki o’smir Jobsning uyidagi garajda [[mantiqiy plata]] (logic board) yasashadi va uni Epl I (Apple I) deb atashadi. Stiv Jobs birinchilardan bo’lib kompyuterlardan faqat olimlar va korxonalar emas, balki har qanday inson foydalansa bo’ladi degan fikrni olg’a surgan.
 
1977 yil ikki do’st Epl II (Apple II) kompyuterini yasashadi va unga klaviatura bilan ko’rkam quti qo’shishadi. O’sha yili Stiv hamkorlardan mablag’ to’playdi va Epl Kompyuter (Apple Computer) kompaniyasiga asos soladi. Epl II juda muvaffaqiyatli mahsulot edi: 1982 yil Epl bir yilda 1 milliard dollardan oshiq savdo qilgan tarixda birinchi kopyuter kompaniyasi bo’ldi. 1983 yil Epl Kompyuter oldin ko’rilmagan tezlik bilan [[AQSh]]ning eng yuqori 500 kompaniyalari ro’yxati bo’lgan Fortyun 500 (Fortune 500) safiga kiradi.
=== NeXT ustida ishlash ===
1986 yil Jobs Apple ning koʻpchilik aksiyalarini sotadi va [[NeXT Computer]] kompaniyasini tashkil etadi.
 
1983 yil Epl Liza (Lisa) degan asosan bizneslar uchun mo’ljallangan kompyuterni savdoga chiqaradi. Lizada birinchilardan bo’lib ekranda kursorni boshqaradigan “sichqon” bor edi. Keyinroq keng ommaga mo’ljallangan Makintosh (Macintosh) kuchli kompyuteri chiqadi. Makintoshda foydalanuvchining grafik interfeysi (Graphical user interface, [[GUI]] ) texnologiyasidan qo’llanilgan.
=== Apple ga qaytish ===
[[2000]]-yil Bir yil oʻtgach Steve Jobs [[Pixar]] animatsion studiyasining asoschilaridan biriga aylandi. Jobs boshchiligida [[Pixar]] studiyasi "[[Toy Story]]" va "[[Monsters, Inc.]]" kabi multfilmlarni chiqarishadi. 2006 yilda Jobs Pixar studiyasini [[Walt Disney]] ga 7.4 millard dollar kompaniya aksiyasiga sotadi. Jobs Pixar direktorlar kengashida qoladi va shu bilan birga Disney da eng yirik jismoniy shahs sifatida aksiyanerga aylandi. U Walt Disney ning 7% aksiyasiga egalik qiladi.
 
[[2001]]-yil da Steve Jobs birinchi [[iPod]] playerni namoyish etadi. Bir necha yil iPod sotuvidan tushgan pul kompaniyaning asosiy daromad manbaiga aylanadi.
 
[[2006]]-yil kompaniya [[Apple TV]] multimediya playeri prototipini namoyish etadi.
 
[[2007]]-yil [[iPhone]] mobil telefonlari sotuvi boshlandi.
 
== Kino ==