Steve Jobs: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Ish faoliyati haqida haqida yozdim (ilk yillar)
Ish faoliyati haqida yozdim (NeXT)
Qator 26:
[[File:Logo Apple.inc.gif|thumb|160px|left|Tishlangan olma - "Apple.Inc" kompaniyasi timsoli. "Apple" Inglizchada "olma" degani.]]
===Ilk yillar===
1974 -yil Stiv Jobs maktab davrida tanishgan do’sti [[Stiv Vozniak]] (Steve Wozniak) bilan yana uchrashadi va unga birga biznes ochishni taklif qiladi. Stiv Vozniak o’sha paytda [[HP]] (Hewlett-Packard) kompaniyasida ishlardi. 1976 -yil Jobsning Fol’ksvagen minibusini va Vozniakning programmalasa bo’ladigan kal’kulyatorini sotib, ikki o’smir Jobsning uyidagi garajda [[mantiqiy plata]] (logic board) yasashadi va uni Epl I (Apple I) deb atashadi. Stiv Jobs birinchilardan bo’lib kompyuterlardan faqat olimlar va korxonalar emas, balki har qanday inson foydalansa bo’ladi degan fikrni olg’a surgan.
 
1977 -yil ikki do’st Epl II (Apple II) kompyuterini yasashadi va unga klaviatura bilan ko’rkam quti qo’shishadi. O’sha yili Stiv hamkorlardan mablag’ to’playdi va Epl Kompyuter (Apple Computer) kompaniyasiga asos soladi. Epl II juda muvaffaqiyatli mahsulot edi: 1982 -yil Epl bir yilda 1 milliard dollardan oshiq savdo qilgan tarixda birinchi kopyuter kompaniyasi bo’ldi. 1983 -yil Epl Kompyuter oldin ko’rilmagan tezlik bilan [[AQSh]]ning eng yuqori 500 kompaniyalari ro’yxati bo’lgan Fortyun 500 (Fortune 500) safiga kiradi.
 
1983 -yil Epl Liza (Lisa) degan asosan bizneslar uchun mo’ljallangan kompyuterni savdoga chiqaradi. Lizada birinchilardan bo’lib ekranda kursorni boshqaradigan “sichqon” bor edi. Keyinroq keng ommaga mo’ljallangan Makintosh (Macintosh) kuchli kompyuteri chiqadi. Makintoshda foydalanuvchining grafik interfeysi (Graphical user interface, [[GUI]] ) texnologiyasidan qo’llanilgan.
 
===NeXT===
1985-yil Stiv Jobs ichki nizolar tufayli o’zi yaratgan kompaniyadan haydaladi. Jobs o’zi bilan besh ischini olib [[NeXT]] degan yangi shirkatga asos soladi. 1986-yil Jobs Lucasfilm Ltd. degan kompaniyaning kompyuter bo’limini sotib oladi va uni [[Piksar]] Animasiya Studiyasi (Pixar Animation Studios) deb ataydi. Piksar komyuter animasiyasi sohasida eng ilg’or kompaniyaga aylanadi. Piksar 1995-yil [["O’yinchoqlar tarixi"]] (Toy Story) — tarixda birinchi butunlay kompyuterda ishlangan fil’mni chiqaradi.
1996-yil Epl NeXTni sotib oladi va Jobs Eplning maslahatchisi qilib tayinlanadi. Keyinroq Jobs yana qaytadan Eplning boshlig’i lavozimiga ko’tariladi va uning rahbarligi ostida kompaniya oyoqqa tura boshlaydi. 1998-yil Jobs ko’p hissa qo’shgan iMac degan bittagina qismdan iborat kompyuter sotuvga chiqariladi va Eplning ishlari yanada yurishib ketadi.
 
== Kino ==