Raʼd surasi: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Qator 19:
 
== Asosiy ma'nosi ==
Bu sura boshlab, [[Alloh]] taoloning borligi va birligiga [[iymon]] keltirish masalasini o‘rtaga tashlab, so‘ng qayta tirilish va hayoti dunyoda qilib o‘tilgan har bir yomon-yaxshi amal uchun [[qiyomat kuni]]da jazo-mukofot bo‘lishi haqida xabar qiladigan [[oyat]]lar bilan davom etadi. Unda haqiqat bilan botil to‘g‘risida ikki ibratli masal keltiriladi.
Birinchisi, jilg‘alarni to‘ldirib oqib kelayotgan yomg‘ir suvi haqiqatga, [[suv]] ustidagi ko‘pik
esa botilga tashbeh qilinsa, ikkinchisida, har qanday yerosti ma’danlari ham eritilganida
ulardan sof qimmatbaho ma’dan bilan birga ularga aralashib qolgan oddiy [[tosh]]lar ham
chiqishi aytilib, sof ma’dan haqiqatga, chiqindilar esa botilga o‘xshatiladi. Mana shunga
o‘xshash ibratli misollarni o‘ziga jo qilgan bu surada yana [[momaqaldiroq]] haqida zikr
qilinib, hatto u ham [[Alloh]] taologa [[tasbeh]] aytib, u zotni poklab turishi bayon qilinadiki, bu [[sura]]ning «Ra’d-[[momaqaldiroq]]» deb nomlanishining sababi shudir.
Bizning nazarimizda, bu ulug‘ sura to‘lasicha ham bir dahshatli [[momaqaldiroq]]qa
o‘xshaydi. U [[momaqaldiroq]] mo‘minlarni yomg‘irga — [[Alloh]]ning rahmatiga umidvor qilsa,
[[kofir]]larni chaqmoq urishidan — [[Alloh]]ning azobiga duchor bo‘lishdan qo‘rquvga soladi.
 
== Manbaalar ==
*[http://uzcinema.com/forum/105-2343-1 RA'D SURASI]