Makka: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
vikifikator
kTahrir izohi yoʻq
Qator 2:
 
'''Makka''' ({{lang-ar|مكّة المكرمة‎}} ''Makkah Al-Mukarramah'') — musulmonlarning muqaddas shahri. Saudiya Arabistonining gʻarbida, Qizil dengiz sohilidan 80 km uzoqlikda togʻlar orasida joylashgan bu shaharni arablar Umm ul-Qurro, Umm ul-Madoin, yaʼni shaharlar onasi deb yuritadilar. Qurʻonda „Bakka“ nomi bilan kelgan. U Hijozning maʼmuriy va savdo markazi, musulmonlar haj qiladigan — musulmonchilikning beshinchi ahkomi bajariladigan joy. Qurʻoni karim 114 surasining 86 tasi Makkada nozil boʻlgan. M.da Kaʼba bilan bosh masjid — Harom masjidi bor. Makka — islom dinining Muhammad paygʻambari (sav)ning vatanlari, arablarning qadimgi
ziyoratgohi. Musulmon rivoyatlariga koʻra, Makkada Odamato va [[Momohavo]] hamda [[Shis alayhis-salom|Shis]], [[Ibrohim alayhis-salom|Ibrohim]], [[Ismoil alayhis-salom|Ismoil]] va [[Hojar]] yashaganlar. Makka sh.gashahrigaga qachon asos solingani maʼlum emas.
[[File:mecca-1850.jpg|thumb|right|Makka 1850 yil]]
[[File:Makkah-1910.jpg|thumb|Makka 1910 yil]]