Tavhid: Versiyalar orasidagi farq

Allohning yagonaligi
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
SofIslom (munozara | hissa)
New page: Tavhid bu Allohni ibodatda yagona qilish ya’ni ibodatni faqatgina yagona Allohga qilish qaysiki, Alloh bu dunyoni o’sha (ibodat) uchun yaratdi. Alloh taolo Qur’oni Karimda aytganidek...
(Farq yoʻq)

9-Dekabr 2006, 00:01 dagi koʻrinishi

Tavhid bu Allohni ibodatda yagona qilish ya’ni ibodatni faqatgina yagona Allohga qilish qaysiki, Alloh bu dunyoni o’sha (ibodat) uchun yaratdi. Alloh taolo Qur’oni Karimda aytganidek:

“Men(Alloh) jin va insni faqat(Yagona)O’zimga ibodat qilishlari uchun yaratdim”(Va-z-zoriyot surasi 51:56)

(bu erda ibodatning ma’nosi shuki barcha ibodat turlarida tavhid(yagona Allohga qilish) va faqatgina Allohga duo qilish)

Qur’oni Karimda quyidagi Tavhid turlari tasvirlanadi:

1. Tavhid Ar-Rububiyah- bu yagona Allohning Rabb va Yaratuvchi ekanligiga iymon keltirish. Haqiqatan ham, kofirlar(mushrik, Allohdan o’zgaga ibodat qiluvchilar) bunga iymon keltirishgan, ammo bu ularning Islomga kirishiga kafil(sabab, etarli) bo’lmadi:

Alloh aytadi:

”(ey Muhammad) ,qasamki,agar siz ulardan(mushriklardan):”Osmonlar va Erni kim yaratgan?” deb so’rasangiz,albatta:”ularni Eng Qudratli va Eng dono (Barcha narsalarni biluvchi Alloh) yaratgan”, derlar” (Zuxruf surasi 43:9)

Hozirgi zamonda kommunistlar Allohning borligini umuman rad etishadi, tan olishmaydi, shuning uchun ham ular johiliyat (Islomdan oldingi) davridagi kofirlar(mushriklar)dan ham battar yomondir.

2. Tavhid Al-’Uluhiyah – bu Allohni barcha shar’iy ibodat turlarida, ya’ni masalan, duo qilish, yordam so’rash, namoz o’qish, qurbonlik so’yish,tavof qilish(Ka’bani), qasam ichish va hokazolarda tavhid qilish( Yagona Allohga qilish)

Bu tavhid turi kofirlar(mushriklar) tomonidan rad etilgan hamda millatlar va ularga tegishli(yuborilgan) payg’ambarlar o’rtasidagi qarama-qarshilik,kelishmovchilikning Nuh davridan Muhammad (sallallahu ’alayhi va sallam) davrigacha asosiy sababi(manbasi) bo’lib kelgan.

Qur’onda ibodat tavhidi(tavhid al-’uluhiya)ning va yagona Allohga murojaat qilishning juda ham muhimligini ko’rsatvchi ko’plab suralar, oyatlar mavjuddir. Masalan, Fotiha surasida shunday deyiladi:

”Sengagina ibodat qilamiz va Sendangina madad so’raymiz” (Fotiha surasi 1:4)

Buning ma’nosi:Biz ibodatni faqatgina(doimo) Yagona Sen(Alloh)ga qilamiz,keyin faqatgina yagona Sen(Alloh)ga duo qilamiz, Sendan o’zganing oldida boshimizni egmaymiz hamda Sen(Alloh)dan o’zgaga yordam so’rab iltijo qilmaymiz!

Ibodat tavhidi Uni(Allohni) Unga duo qilishda yagona qilishni(yagona Allohga duo qilishni) hamda Uning Qur’oni bilan hokimlik qilishni va Uning shariati bilan hukm qilishni o’z ichiga oladi.

Bularning barchasi Uning quyidagi oyatida o’rin topgan:

”Albatta! Men (Yagona) Allohman, hech kimning Mendan boshqaga ibodat qilishga haqqi yo’q, shunday qilib(demak) Menga ibodat qil” (Toha surasi 20:14)

3.Tavhid Al-Asma was Sifat( Allohning Ism va Sifatlarida yagonaligi)- Alloh taolo Qur’oni karimda O’zini qanday sifatlagan bo’lsa, yoki Rasululloh (sallallahu ’alayhi va sallam) sahih hadislarda u Zotni qanday sifatlagan bo’lsalar, ushbu sifatlarga iymon keltirib, U Zotni o’zimizga o’xshatmasligimiz(tamsil) va bu sifatlarni inkor qilib(ta’til), ma’nolarini o’zgartirmasligimiz(tahrif) hamda Uning sifatlarini qanday deb so’ramasligimizdir(at-takyif) va sifatning so’zini qabul qilamiz ammo ma’nosiga e’tibor qilmaymiz deyishdan qaytishdir.(tafvid). Allohning sifatlariga misol: Alloh taoloning Uning Arshi ustidaligi(istivaa) va dunyo(eng pastgi) osmoniga tushishi(nuzul) va Uning Qo’li va Uning Kelishi (Maji’) borligi kabi Alloh taoloni barkamol zot ekanligini anglatadigan narsalar.
Biz Alloh Sifatlarini Salaflar aytganidek tushuntirib beramiz unga hech narsa qo’shmaymiz va hech narsani olib tashlamaymiz. Masalan, Istivaaning tushuntirilishi Taa’ibeen(Sahobalarning toliblari)dan Sahih Al-Buxoriyda quyidagicha rivoyat qilinadi: Allohning O’z buyukligiga xos ravishda ko’tarilishi va yuqorish bolishi.
Alloh Qur’onda aytadi:

” Biron narsa U Zotga o’xshash emasdir, U Zot (barcha narsani) Eshitguvchi va (barcha narsani) Ko’rib Turguvchidir”. (Shuro surasi 42:11)

1)     Tahrif –bu aniq oyatlarning va sahih hadislarning ma’nolarini yolg’on bo’lgan boshqa ma’nolarga almashtirish,masalan, istivaa(ko’tarilish) ning ma’nosini istawlaa(g’alaba qilish,qozonish) deb tushuntirish.

2) Ta’til- bu Alloh sifatlarini inkor va rad etish. Ya’ni masalan, Allohning osmonlar ustida yuksakligini rad etish.Adashgan guruhlar Alloh barcha joyda deb ta’kid qilishadi. Alloh taolo ularning yol’gonlaridan uzoqdir.

3) At-Takyif- (qanday deb so’rash)- bu Alloh sifatlari qanday deb so’rash va shu yo’sinda ko’p mulohazaga tushish. Demak, Allohning osmonlar ustida yuksakligini mavjudotning (Uning yaratganining) yuksakligiga solishirish mumkin emas va Allohdan boshqa hech kim Allohning 7 osmon ustida qanday ekanligini bilmaydi. Shuning uchun ham Alloh sifatlari ustida ular qanday deb mulohaza yuritish mumkin emas, chunki Alloh sifatlarining qandayligini Allohdan o’zga hech kim bilmaydi.

4) At-Tamsil(O’xshatish)- bu Alloh sifatlarini Uning mavjudotlari sifatlariga o’xshatish. Biz: ”Alloh eng pastki osmonga biz tushganimizdek tushadi” deb ayta olmaymiz. Chunki uni Allohdan o’zga hech kim bilmaydi and u faqatgina Allohga xosdir.

5) At-Tafvid- Salaflar tafvidi Alloh sifatlari ma’nosini qabul qilish va uning qanday ekanligini mulohaza qilmaslik. Masalan, Istivaa Yuksaklik ma’nosini bildiradi deb olingan ammo, Alloh Uning Arshi ustida qanday yuksakligini Allohdan boshqa hech kim bilmaydi. Mufavidalarning(tafvidni amal qilivchilar) tafvidiga keladigan bo’lsak ular sifatning ma’nosini va uning qanday ekanligini birgalikda mulohaza etmaydilar. Bu esa bizning Salaflar yo’liga ziddir. Masalan, UmmSalamah va Rabe’ah, Imom Malikning shayxlari va Imom Malikning o’zi aytganlarki, istiva ma’lum ammo uning qanday bo’lishi no’malum va bunga imon keltirish majbur(farz) and u haqda so’rov qilish bid’at(ya’ni istiva qanday bo’lishini so’rash). Ammo mufavidalar istiva haqida so’rash umuman mumkin emas deyishadi va bu Salaflar yo’liga ziddir.

www.sofislom.com