Shirk: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
SofIslom (munozara | hissa)
New page: Katta shirk va uning turlari Katta shirk(shirk akbar) bu Alloh bilan sherik qilish, unga(sherikka) Allohga murojaat qilgandek murojaat qilish yoki biron bir ibodat turini unga(shu sherik...
(Farq yoʻq)

9-Dekabr 2006, 00:02 dagi koʻrinishi

Katta shirk va uning turlari

Katta shirk(shirk akbar) bu Alloh bilan sherik qilish, unga(sherikka) Allohga murojaat qilgandek murojaat qilish yoki biron bir ibodat turini unga(shu sherikka) qaratish(unga qilish) ya’ni masalan, yordam so’rash yoki qurbonlik so’yish, qasam ichish va h.k kabi ibodat turlarini Allohdan o’zgaga qilish. Ibn Mas’uddan shunday rivoyat qilinadiki, u Rasululloh(sallallahu ’alayhi va sallam)dan so’radi:” Qaysi gunoh eng katta gunoh?” Rasululloh (sallallahu ’alayhi va sallam) aytdilar:” Allohga U seni yaratgan bo’lsa ham (Unga teng) sherik qilish” (Seni yaratgan zot Allohga (Unga teng) sherik qilish). Buxoriy va Muslim rivoyatlari.

Katta shirkning turlari

1) Duo qilishda shirk: Bu Allohdan boshqalardan ya’ni payg’ambarlardan va avliyolardan madad tilab, kasallikka davo izlab ularga murojaat qilish, iltijo qilish. Allohning quyidagi oyatiga ko’ra:

“Allohni qo’yib sizga foyda ham, ziyon ham etkaza olmaydigan narsaga iltijo qilmang! Bas, agar shunday qilsangiz, u holda albatta zolimlardandirsiz”. (Yunus surasi 10:106)

Payg’ambarimiz(sallallahu ’alayhi va sallam) aytdilar:

“Kimki Alloh taolodan o’zgadan hojatini so’rab Allohga shirk keltirgan holda o’lsa, do’zaxga kirgay”. Imom Buxoriy rivoyatlari.

O’liklardan va mavjud bo’lmaganlardan (g’oyib kimsalardan) najot so’rashning shirk ekanligiga dalil Alloh taoloning quyidagi oyatidir:

”(Ey mushriklar), sizlar U zotni qo’yib iltijo qilayotgan butlaringiz esa po’stloqcha narsaga ham ega emasdirlar. Agar sizlar ularni chorlasangizlar, duolaringizni eshitmaslar. Agar eshitsalar-da, sizlarga javob qila olmaslar va qiyomat kunida ularni(Allohga) sherik qilib olganlaringizni inkor qilurlar.(ey Muhammad, dunyoyu oxirat haqida hech kim) sizga Xabardor Zot(ya’ni Alloh)kabi xabar bera olmas”. (Fotir surasi 35:13-14)

2) Alloh sifatlarida shirk: payg’ambarlar va avliyolar g’ayb ilmini bilishadi deb ishonish, iymon keltirish. Alloh taolo aytdi:

“G’ayb ochqichlari(kalitlari) Uning huzuridadirkim, ularni yolg’iz O’zigina bilur”. (An’om surasi 6:59).

3) Sevgi,yaxshi ko’rish (muhabbat)dagi shirk.Bu biron avliyoni yoki solih odamni Allohni sevgandek(yaxshi ko’rgandek) sevish(yaxshi ko’rish) Allohning quyida aytganiga ko’ra:

”Odamlar orasida shunday kimsalar borki, ular o’zgalarni Allohga teng bilib, ularni Allohni sevgandek sevadilar.Iymonli kishilarning Allohga bo’lgan muhabbatlari qattiqroqdir”. (Baqara surasi 2:165)

4) Bo’ysunishdagi shirk..Bu shayxlarga gunoh qilib bo’lsa ham bu ishni qilish mumkin deb bo’yin solish, ya’ni kimki biron kimsaga agar gunoh qilishga buyursa ham bo’ysinsa va bu ishni halol ekanligiga ishonsa bu shirkdir Allohning quyidagi oyatiga ko’ra:

”Ular (nasroniylar va yahudiylar) Allohni qo’yib o’zlarining donishmandlarini va rohiblarini parvardigor deb bildilar(oldilar)” (Tavba surasi 9:31)
Ularga gunohda ham bo’yin solish  ibodat deb tushuntirilishi mumkin chunki, ular Alloh harom qilgan narsani halol qildilar va Alloh halol qilgan narsani harom qildilar. Payg’ambarimiz (sallallahu ’alayhi va sallam) aytdilar:” Hech  kimga Allohga osiy qilishlikda bo’yin solish(ergashish) mumkin emas”Sahih, Ahmad rivoyati

5) Allohning odam shakliga ega ekanligidagi(tajassumdagi) shirk: Bu Alloh yaratganining(mavjudotning) shaklida mavjud deb iymon keltirish (ishonish) va bu Damaskusda ko’milgan sufi Ibn ’Arabiyning iymoni edi. U shunday dedi:

”Rabb bu qul va qul Rabbdir

Qaniyki bilsam edi qaysi biri hokimlikda ekanligini”

Yana bir sufi shoir shunday degan:

”Rabb bo’lmagan hech qanday it yoki cho’chqa yo’q,

va Alloh cherkovdagi rohibdan boshqa kimsa emasdir”

Alloh bularning aytganlaridan uzoqdir.

6) Ishlar tadbiridagi shirk. Bu ba’zi avliyolar koinot ishlarini boshqarishga va tadbir qilishga haqqi bor deb ishonish(iymon keltirish). Ular ular(avliyolar)ni Allohning quyidagi (Islomdan oldingi) Mushriklar haqidagi oyatiga qaramasdan yordamchilar deb atashadi:

”Kim barcha ishlarni tadbir qilib turur?! Ular albatta:”Alloh”,deydilar”. (Yunus surasi 10:31)

7) Qo’rquv shirki. Bu ba’zi o’lik avliyolar va g’oyib kimsalar barcha ishlarni tadbir qila oladi va zarar qilishi mumkin va qo’rqish(o’sha o’lik avliyolardan) esa shu sababdandir deb iymon keltirish(ishonish). Shunday qilib siz ba’zi odamlarning yolg’ondan Allohga qasam ichishini topasiz ammo ular bu avliyolarga yol’gondan qo’rqqanlaridan qasam ichishmaydi va bu Qur’on bizni ogohlantirgan Mushriklarning iymoni edi:

”Alloh O’z bandasiga etarli emasmi?! (ey Muhammad),ular sizni (Allohdan) ozga butlari bilan qo’rqituvlar”.(Zumar surasi 39:36)

Xavfli, vahshiy hayvonlardan yoki zolim kimsalardan qo’rqish mumkin va u shirk emas.

8) Hokimlikdagi shirk. Bu Islomga zid bo’lgan qonunni yaratgan va bu qonunni halol qilgan yoki Islom qonunining kamchiliklari bor deb ishongan kimsaga tadbiq etiladi. Bu masala juda muhim va ulamolarimiz bu xususda ko’plab kitob va maqoqalar yozishgan. Shuni e’tiborga olish kerakki xavarij guruhidagi kimsalar mana shu shirkka taalluqli oyatlarni ko’pchilik musulmonlarga ayniqsa muslumon o’lkalarining hokimlariga qo’llab ularni musulmon bo’lsa ham kofirga chiqarib qo’yishmoqda.Mana shundan ehtiyot bo’lish zarur. Bitta musulmon odamni kofir deb sanash og’ir gunoh hisoblanadi. Shuning uchun ham bu masalaga oid mulohazalar katta ulamolarga olib borilib ulardan maslahat so’ralishi lozim.

9) Katta shirk qilgan amallarni yo’qqa chiqaradi. Bu Allohning quyidagi oyatiga ko’ra:

”Darhaqiqat, sizga ham (ey Muhammad), sizdan avvalgi (payg’ambarlarga) ham (shunday) vahiy qilingandir:”Qasamki, agar mushrik bo’lsang,albatta qilgan amaling behuda ketur va albatta ziyon ko’rguvchilardan bo’lib qolursan””. (Zumar surasi 39:65)

10) Alloh katta shirkni tavbadan va shirkni umuman tashlashdan boshqa yo’l orqali kechirmaydi. Alloh taolo aytadi:

”Albatta Alloh O’ziga (biron narsa yoki kimsaning) sherik qilinishini kechirmaydi.Shundan boshqa gunohlarni O’zi xohlagan bandalari uchun kechiradi.Kimki Allohga shirk keltirsa,demak,juda qattiq yo’ldan ozibdi” (Niso surasi 4:116)

11) Shirkning bir necha turlari bor.Bulardan ikkitasi: katta shirk va kichik shirkdir. Odamlarni shirkning barcha turlaridan ogohlantirish farzdir. Payg’ambarimiz bizga buning uchun nima deyishni o’rgatganlar:

”Ey Alloh! Biz Senga bilib shirk qilishlikdan saqlashingni so’raymiz va bilmay (shirk) qilganlarimizni kechirishingni o’tinamiz”Ahmad rivoyati, hasan hadis.


Kichik shirk va uning turlari

Kichik shirk bu katta shirkka olib borishi (boshlashi) mumkin bo’lgan barcha vositalardir.U ibodatning sifatiga ta’sir etmaydi ammo uni qilgan kishi Islomdan chiqmaydi(kofir hisoblanmaydi).Shunga qaramasdan, u katta(og’ir) gunohlardan hisoblanadi va quyidagi turlardan iborat:
1) Riyo :Bu musulmon Alloh uchun amal qilganda va Alloh uchun ibodat qilganda o’zining amali va ibodatini boshqalar maqtasin deb yaxshi(go’zal) qilishidir.Alloh taolo aytdi:

”Bas, kim Parvardigoriga ro’baro’ bo’lishdan umidvor bo’lsa, u holda yaxshi amal qilsin va Parvardigoriga bandalik qilishda biron kimsani (Unga) sherik qilmasin!”. (Kahf surasi 18:110)

Payg’ambarimiz (sallallahu ’alayhi va sallam) aytadilar:

ma’nosi: “Meni sizlardan eng qo’rqadigan narsam kichik shirk – riyodir.Alloh qiyomat kunida kishilarning amallarini hisob-kitob qilganda shunday deydi:”Dunyoda riyo qilganlaringizga boring qaysiki ulardan biror savob topa olar ekansizmi””. Sahih - Imom Ahmad rivoyatlari.

2) Alloh taolodan boshqaning nomiga qasam ichish: Payg’ambarimiz (sallallahu ’alayhi va sallam) aytdilar:

ma’nosi: “Kimki Alloh taolodan o’zganing nomiga qasam ichsa, shirk qilibdi(mushrik bo’libdi)”. Sahih - Imom Ahmad rivoyatlari.

Allohdan o’zgaga qasam ichish katta shirkka albatta aylanishi mumkin qachonki qasam ichayotgan kimsa yolg’ondan qasam ichayotgan narsasi undan zararni olib tashlashi mumkin yoki zarardan saqlashi mumkin deb ishonsa.

3) Yashirilgan shirk: Insonning quyidagi gaplari bu shirkdan hisoblanadi:
Agar Alloh va falonchi bo’lmaganda edi, bu muvaffaqiyatga erisha olmas edim.
Alloh va sen xohlaganing uchun bu ish bo’ldi.

Birinchi misolda Allohga falonchini sherik qilib qo’ygani uchun, ikkinchi misolda esa, Allohning xohishi bilangina cheklanmasdan yana birovning xohishini sherik qilgani uchun bu so’zlar shirk hisoblandi.

Payg’ambarimiz (sallallahu alayhi va sallam) aytadilar:

ma’nosi: “Alloh va falonchi xohladi, demanglar, balki Alloh so’ngra falonchi xohladi, deb aytinglar”.Sahih - Imom Ahmad va boshqalar rivoyatlari.

www.sofislom.com