Somoniylar: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
kTahrir izohi yoʻq
Qator 2:
 
== Somoniylar davlatining vujudga kelishi ==
 
Bu davrda [[Movarounnahr]]ning [[Samarqand]], [[Fargʻona]], [[Toshkent]] va [[Ustrushona]] viloyatlarida noiblik qilayotgan somoniylar xonadonining siyosiy hayotida ham asta-sekin birmuncha oʻzgarisÛar yuz beradi. Yurtga awal Nuh, soʻngra Ahmad boshchilik qiladi. Har biri oʻz hukmronligi davrida oʻz nomlaridan misdan chaqalar zarb etadilar.
 
Ahmad vafotidan ([[865|865-yil]]) keyin uning oʻgʻli Nasr Samarqandni markazga aylantiradi. Buxoro vohasi, Naxshab ([[Qashqadaryo]]), Chagʻonrud ([[Surxondaryo]]) vodiylaridan tashqari Movarounnahrning barcha viloyatlarini birlashtirish va uni [[Xuroson]]dan ajratib olish choralarini koʻradi. Tohiriylar davlatining barham topishi bilan vaziyat tubdan oʻzgarib, istiqlol uchun qulay sharoit paydo boʻladi. Oʻz holiga tashlab qoʻyilgan Buxoro ahli hatto safForiylarga tobe boʻlishni xohlamaydi. Shahar zodagonlari somoniylarga murojaat qilib, Samarqandga Nasr huzuriga elchilar yuboradilar, undan Buxoroni oʻz qoʻl ostiga olishni va somoniylar xonadonidan bir kishini Buxoroga hokim qilib yuborishni soʻraydilar. Nasr bu taklifni mamnuniyat bilan qabul qilib, ukasi Ismoilni (874) Buxoroga noib qilib yuboradi.
 
Shunday qilib, IX asrning oxirgi choragida Movarounnahrning deyarli barcha viloyatlari somoniylar tasarrufiga oʻtib, u oʻz mustaqilligini tiklab oladi. Xuddi shu vaqtdan boshlab Nasr oʻzini butun Movarounnahrning boshligʻiboshlig'i deb hisoblay boshlaydi. Garchi ukalari Shosh viloyatining noibi Yoqub va Fargʻona hokimi Asadlar oʻz nomlari bilan chaqa pul zarb etib oʻzboshimchalik qilsalar ham, ammo u somoniylar hukmronligi tarixida birinchi boʻlib kumush dirham zarb etadi. Kumush tangalar chiqarish davlat mustaqilliginmg ramzi hisoblanib, to shu vaqtgacha xalifalik viloyatlarida faqat tohiriylargina bunday dirhamni zarb etish huquqiga ega edilar. Shunday boʻlsa-da, Buxoro noibi Ismoil akasi Nasrga itoat qilishni istamaydi. Oʻziga berilgan viloyatni mumkin qadar iqtisodiy jihatdan mustaqil idora qilishga intiladi. Samarqandga Nasrning xazinasiga yuboriladigan har yilgi soliqlarni turli bahonalar bilan toʻxtatib qoʻyadi. Natijada aka-uka oʻrtasida adovat oaydopaydo boʻladi. U [[888|888-yildagi]] jangga olib keladi. Jangda Nasr qoʻshinlari tor-mor keltiriladi. Shu yildan boshlab Ismoil butun Movarounnahrni birlashtirib, uning yagona hukmdori boʻlib oladi.
 
== Ismoil Somoniy ==