Steve Jobs — versiyalar orasidagi farq

k
(Vikifikator)
[[File:Logo Apple.inc.gif|thumb|160px|left|Tishlangan olma — „Apple.Inc“ kompaniyasi timsoli. „Apple“ Inglizchada „olma“ degani.]]
=== Ilk yillar ===
1974-yil Stiv Jobs maktab davrida tanishgan doʻsti [[Stiv Vozniak]] (Steve Wozniak) bilan yana uchrashadi va unga birga biznes ochishni taklif qiladi. Stiv Vozniak oʻsha paytda [[HP]] (Hewlett-Packard) kompaniyasida ishlardi. 1976-yil Jobsning Fol’ksvagenFolksvagen minibusini va Vozniakning programmalasa boʻladigan kal’kulyatorini sotib, ikki oʻsmir Jobsning uyidagi garajda [[mantiqiy plata]] (logic board) yasashadi va uni Epl I (Apple I) deb atashadi. Stiv Jobs birinchilardan boʻlib kompyuterlardan faqat olimlar va korxonalar emas, balki har qanday inson foydalansa boʻladi degan fikrni olgʻa surgan.
 
1977-yil ikki doʻst Epl II (Apple II) kompyuterini yasashadi va unga klaviatura bilan koʻrkam quti qoʻshishadi. Oʻsha yili Stiv hamkorlardan mablagʻ toʻplaydi va Epl Kompyuter (Apple Computer) kompaniyasiga asos soladi. Epl II juda muvaffaqiyatli mahsulot edi: 1982-yil Epl bir yilda 1 milliard dollardan oshiq savdo qilgan tarixda birinchi kopyuter kompaniyasi boʻldi. 1983-yil Epl Kompyuter oldin koʻrilmagan tezlik bilan [[AQSh]]ning eng yuqori 500 kompaniyalari roʻyxati boʻlgan Fortyun 500 (Fortune 500) safiga kiradi.