Joynamoz: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Created page with "Joynamoz - namoz o‘qiladigan to‘shama. Joynamoz ibodat vaqtida kishini bu dunyodan ajratuvchi omil, deb tasavvur qilinadi. Joynamoz turli matodan tayyorlanadi. Joynamoznin..."
 
Tahrir izohi yoʻq
Qator 1:
'''Joynamoz''' - namoz o‘qiladigan to‘shama. Joynamoz ibodat vaqtida kishini bu dunyodan ajratuvchi omil, deb tasavvur qilinadi. Joynamoz turli matodan tayyorlanadi. Joynamozning bosh tomoniga burchak (mehrob) shakli tikilgan bo‘ladi. Katta-kichikligi har xil. Namoz o‘qishda o‘rni kelganda pokiza gilam yoki chopon, qiyiqcha kabilardan ham foydalanish mumkin. Joynamoz ustida namoz o‘qish ilk islom davrida keng tarqalmagan, balki yerda, bo‘yrada ham [[namoz]] o‘qilavergan. Hozirda Joynamoz keng ko‘lamda qo‘llanishidan qat’i nazar,
zarurat taqozo qilgan paytlarda pok [[tuproq]] yoki o‘tloq ustida [[ibodat]] qilish mumkinligi
nazarda tutilishi lozim. Joynamoz tayyorlash - [[Musulmon mamlakatlari|musulmon mamlakatlarda]] amaliy san’atning an’anaviy yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Joynamozdan asosiy maqsad namoz o‘qiladigan joy pokiza bo‘lishini ta’minlashdan iborat.
 
{{Islam-stub}}