Raul Albiol: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Nhakimjonov (munozara | hissa)
"{{Futbolchi |ism = Raul Albiol |image = 225 px |toliqism = Raúl Albiol Tortajada |tavalludsana = {{birth date and age|1985|9|4}}..." yozuvi orqali yangi sahifa yaratildi
(Farq yoʻq)

9-Avgust 2012, 21:05 dagi koʻrinishi

Raul Albiol Tortaxada (ispancha: Raúl Albiol Tortajada; 4-sentabr 1985) — ispaniyalik futbolchi, Ispaniya milliy terma jamoasi va Real Madrid himoyachisi.

Raul Albiol
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Raúl Albiol Tortajada
Tavallud sanasi 4-sentyabr 1985-yil (1985-09-04) (38 yosh)
Tavallud joyi ValensiyaIspaniya bayrogʻi Ispaniya
Boʻyi 190 sm
Ampluasi himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Raul Albiol Real Madrid
Raqami 18
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
1994–1996
1996–1997
1997-2003
Ribarroja
Vilamarxant
Valensiya
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2004–2005
2005-2009
2009 - hz.
Xetafe
Valensiya
Real Madrid
(19 (1)
135 (5)
53 (0))
Milliy terma jamoa
2004 Ispaniya (27 (0))
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Faoliyati

Albiol 9 yoshida sobiq futbolchi otasining sa'y-harakatlari evaziga "Bendirom" jamoasi o'yinchisi bo'ldi. Valensiya bilan kechgan o'rtoqlik uchrashuvida u o'zini juda yaxshi ko'rsatdi va valensiyalik murabbiy otasiga o'zining jamoasini taklif etdi.

2005-yilda u "Xetafe" jamoasida ijara asosida to'p surdi. "Xetafe"dagi faoliyati davomida Raul o'zi uchun kerak bo'lgan tajribalarni to'pladi, yuqori o'yinlar ko'rsata boshladi va oqibatda Valensiya jamoasiga o'tib, asosiy tarkibdan joy oldi va Ispaniya terma jamoasi tarkibiga ham kiritila boshlandi.

2009-yilning 25-iyun kunida Raul Albiol 15 mln. yevro evaziga madridning "Real" superklubiga qo'shilgan holda klub prezidenti Florentino Perezning proyektining qatnashuvchilaridan biri bo'ldi[1]. 2-iyul kuni u rasman klub stadionida tanishtirildi va 18 raqamli maykani egasi bo'ldi.
Albiol "Qirollik klubi" uchun 8-dekabrda Chempionlar ligasi musobaqasi doirasida Marselga kechgan uchrashuvda debyut golini kiritdi.
2012-yil 7-avgustda Albiol va Real Madrid o'rtasida tuzilgan shartnoma muddati 2017-yilgacha cho'zildi[2].

Statistika

2012-yil 13-may holatiga.

Jamoa Mavsum Liga Kubok Yevrokubok Jami
TU G TU G TU G TU G
Valensiya B 2003–04 35 2 1 0 36 2
Jami: 35 2 1 0 0 0 36 2
Xetafe 2004–05 17 1 1 0 0 0 17 1
Jami: 17 1 1 0 0 0 17 1
Valensiya 2005–06 29 1 0 0 0 0 29 1
2006–07 36 1 2 1 12 1 50 3
2007–08 32 1 3 0 7 0 42 1
2008–09 34 2 2 0 6 0 42 2
Jami: 131 5 7 1 25 1 180 7
Real Madrid 2009–10 33 0 2 0 8 1 43 1
2010–11 20 0 6 0 6 0 32 0
2011–12 10 0 2 0 5 0 17 0
Jami 63 0 10 0 19 1 92 1
Faoliyatida jami: 246 8 18 1 44 2 308 11


Erishgan natijalari

Shaxsiy hayoti

Uylangan, ikki qizi bor - Asaaru (16.03.2009) va Almu (7.01.2010).

Qiziqarli faktlar

  • Albiolning sevimli o'yinchisi o'zining sobiq jamoadoshi Karlos Marchena hisoblanadi. Raul Karlosdan ko'p narsa o'rganganligini va kelajakda uningdek yorqin faoliyat olib borishini xohlashini ta'kidlagan.
  • Raulning katta akasi — Migel Albiol — u ham professional futbolchi, hozirgi vaqtda "Real Mursiya"ning yarimhimoyachisi hisoblanadi.
  • 2004-yil 2-avgust kuni Valensiya-Madrid trassasining Kuenka shahri yaqin joyida avtohalokatga uchradi. 17 kun reanimatsiya xonasida yotishga majbur bo'ldi. Bir necha jarrohlikni boshidan kechirdi. Vrachlar qoratalog'ini olib tashlashga majbur bo'ldilar[3].

Izohlar

  1. Madrid sign Raul Albiol and step up Karim Benzema chase; The Daily Telegraph, 25-iyun 2009
  2. Official Announcement; realmadrid.com, 6-avgust 2012
  3. Рауль Альбиоль - вся наша жизнь игра - Real-Madrid.ru .:. Сайт болельщиков "Реала" Мадрид .:. Реал Мадрид .:. Аналитика Новости Статьи Статистика

Havolalar