Fábio Coentrão: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
TjBot (munozara | hissa)
k r2.7.2) (Bot Qoʻshdi: en:Fábio Coentrão
Nhakimjonov (munozara | hissa)
Tahrir izohi yoʻq
Qator 32:
== Jamoalardagi faoliyati ==
 
=== "Rio Ave" ===
2004/05 mavsumda Koentaru oʻzining professional faoliyatini tugʻilib oʻsgan shahridagi „Rio Ave“ jamoasida boshladi. [[2005]]-yil [[14-oktabr]]da 17 yosh vaqtida Portugaliya ligasida oʻz debyutini oʻtkazdi. Birinchi mavsumda jami 3 ta oʻyinda ishtirok etdi va mavsum soʻnggida Rio Ave jadvalda soʻnggi 16-nchi oʻrinni egallab ikkinchi ligaga tushib ketdi. Keyingi mavsumdan boshlab Koentrau asosiy tarkib oʻyinchisi boʻldi va 25 ta oʻyinda ishtirok etib, 4 ta gol urishga muvaffaq boʻldi. [[2007]]-yilning [[fevral]]ida [[Chelsi]] jamoasida bir haftalik malaka oshirishga bordi va natijada „Chelsi“ bosh murabbiyi [[Jose Mourinho|Joze Mourinyo]] uning harakatlarini yuqori baholab, oʻyinchining keyingi faoliyatini alohida kuzatishini vaʼda berdi<ref>{{cite web|url=http://www.sports.ru/football/3174367.html|title=Биеннале юниорского футбола|publisher=''sports.ru''|date=23.07.2007|archiveurl=http://www.webcitation.org/66TIRbGR1|archivedate=2012-03-27}}</ref>.
 
=== "Benfika" ===
[[2007]]-yilda mavsum o'rtasida "Benfika" jamoasi bilan olti yillik shartnoma imzoladi. Koentrau [[UEFA Chempionlar Ligasi|Chempionlar ligasining]] 3-nchi saralash bosqichida "Kopengagen" jamoasiga qarshi o'yinda jamoadagi debyut o'yinini o'tkazdi. U maydonga ikkinchi bo'limda tushdi. Portugaliya chempionatida 2007-yildagi o'yinlarida jami 3 t o'yinda maydonga tushdi va [[2008]]-yilning [[yanvar]] oyida oliy ligada to'p suruvchi "Nasional" jamoasiga ijaraga berib yuborildi. <br />
 
== Manbalar ==