Angor tumani: Versiyalar orasidagi farq
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq |
Ugur Basak (munozara | hissa) k Reverted edits by 134.153.31.13 (Talk) to last version by Jamshid |
||
Qator 1:
'''Angor'''
1952 yil 16 aprelda tashkil tashkil etilgan edi . 1962 yil dekabridan Termiz tumani tarkibiga qo'shib yuborildi . 1979 yili dekabrda qayta tashkil etildi . Umumiy maydoni 387,3 kv .km. Aholisi 82,1 ming kishi (1996) . Tuman markazi - Angor shaharchasi Termiz shahridan 33 km shimoli - g'arbda joylashgan . Tumanda 7 qishloq bor (Birinchi may , Do'stlik , Zang , Navoiy, Tallimaron , Yangiobod , Qayron ). Toshkent - Termiz avtomobil yo'li yoqasida , yaqin temir yo'l bekati (Navshahar) - 14 km . Angor arig'idan suvichadi .
Angor tumanida 8 jamoa xo'jaligi bor . Tuman g'alla , paxta va sabzavot - poliz ekinlariga ixtisoslashgan . Bog' va tokzor bor .
Angor shaharchasi (aholisi 14,3 ming kishi ) hududi o'rnida Axomaniylar davridayoq (miloddan avvalgi 6-9- asr ) aholi manzillari bo'lgan . Kushon podsholigi davrida (1-3-asr ) bu yerda dehqonchilik vohasi tarkib topdi . Angorning janubiydagi Zartepa qal'asi uning ma'muriy markazi bo'lgan . Kushon podsholigidan so'ng mavqey so'ndi . 6-7 - asrda bu erda hayot yangidan jonlandi . Katta - kichik qal'alar , qo'rg'onlar vujudga keldi .
Bulardan yiriklari : Bolaliktepa , Yumoloqtepa , Gazlartepa , Kuchuktepa , Jovliqo'rg'on , Zangtepa , Zartepa , Kuyovqo'rg'on , Qarlamtepa , Qizqo'rg'on , O'rdalitepa .
Oktyabr to'ntarilishiga qadar Angor Termizga boradigan savdo karvoni qo'nib o'tadigan qishloq hisoblangan . Keyingi vaqtda yangi - yangi ko'chalar ochildi , 1991 yil shaharchaga (shahar tipidagi posyolka) aylantirildi .
Angorning sanoat korxonalari asosan qishloq xo'jalik mahsulotlarni qayta ishlash bilan bog'liq . Shaharchada madaniyat va istirohat bog'i , stadion bor .
|