Xudoning mavjudligi: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
EmausBot (munozara | hissa)
k r2.7.3) (Bot Oʻchirdi: it:Esistenza di Dio
kTahrir izohi yoʻq
Qator 1:
{{ateizm yonqutisi}}
'''[[Xudo]]ning mavjudligi''' muammosi ustida [[falsafa|faylasuflar]], [[teologiya|teologlar]] va boshqalar bahs olib bormoqdalar. Falsafada xudoning mavjudligi yoki mavjud emasligi mavzusidagi argumentlar xudo [[ontologiya]]sining [[epistemologiya|epistemologik]] dalillaridir. Xudoning mavjudligiga doir munozara talaygina falsafiy vazifalarni yechishni taqozo etadi. Asosiy muammo shundaki, xudoning taʼrifi aniq emas. Taʼrifi keskin aniqlanmagan obyektning mavjudligi borasida fikrlash [[fan]] uchun xos emasdir. Xudoning nima ekanligini ochiqlovchi baʼzi taʼriflar shunday noaniqki, bu taʼrifni qondiruvchi ''nimarsa'' mavjudmi yoki yoʻqmi, degan savol javobsiz qoladi; boshqa taʼriflar esa oʻz-oʻziga qarshi tezislardan iborat, shuning uchun bunday taʼrif bilan aniqlangan obyekt mavjud boʻla olmaydi. Shunga qaramay, xudoning mavjudligini qoʻllab-quvvatlovchi argumentlar ilgari surilgan. Ular [[metafizika|metafizik]], [[empirizm|empirik]], [[induksiya (mantiq)|induktiv]] hamda [[subyektivizm|subyektiv]] tiplarga ajratiladi. Ularga javoban xudoning mavjud emasligini taʼkidlovchi argumentlar ham oʻrtaga qoʻyilgan; ular empirik, [[deduksiya|deduktiv]] va induktiv tiplarga boʻlinadi. Muammoga turlicha yondoshiladi: [[teizm]], xudo mavjud, deb uqtiruvchi [[dunyoqarash]]; [[ateizm]], xudo mavjud emas, degan qarash; [[agnostitsizm]], xudoning mavjud yoki emasligi haqida bilishning iloji yoʻq, degan xulosaga ega dunyoqarash. Mazkur muammo akademik fanning vazifasi emasligi iddao etilgan boʻlsa-da, falsafada bunday bahs koʻriladi, hamda [[ommaviy madaniyat]]da bu oʻz aksini topgan.