Nogʻora: Versiyalar orasidagi farq

Disam
(Maqlani kengaytirdim)
(Disam)
[[Oʻzbekiston]]da nogʻoraning ''doʻl nogʻora'', ''rez nogʻora'' va ''koʻs nogʻora'' kabi turlari bor. Doʻl nogʻora yoʻgoʻn tovush chiqaradi va diamtetri 60 sm cha boʻladi. Rez nogʻoraning tovushi ingichka boʻladi va diamtetri 20-30 sm boʻladi. Koʻs nogʻoraning diamtetri 30-40 sm boʻladi va shuning uchun rez nogʻoranikidan yoʻgʻonroq, doʻl nogʻoranikidan ingichkaroq tovush chiqaradi.
 
Koʻs va rez nogʻora bir biriga qoʻshilib yasalagan ''qoʻsh nogʻoralar'' ham mavjud. Ikkalasining tovushi orasidagi farq bir kvarta intervalidir. Bu [[doira (cholgʻu asbobi)|doira]] chalishda ishlatiladigan „bum“ va „bak“ kabi tovushlarini chiqarish imkonini yaratadi. Nogʻoradan chiqqan tovushlar faqat „tum“ va „tak“ deb yuritiladi.
 
Nogʻoraning [[mis]]dan yoki [[choʻyan]]dan yasalagan yirik turlari ham mavjud. Bu tur nogʻoralar ammo keng tarqalmagan.