Rubob: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
TjBot (munozara | hissa)
k r2.7.2) (Bot Qoʻshdi: en:Rubab (instrument)
Qashqar rubobi
Qator 3:
== Turlari ==
Rubobning uch xili mavjud: ''qashqar'' rubobi, ''afgʻon'' (yoki tojik, Buxoro rubobi) va ''pomir'' rubobi.
 
=== Qashqar rubobi ===
Qashqar rubobi [[Qashqar]]dan tarqalgan. Shuning uchun qashqar rubobi deb ataladi. Qashqar rubobining uzunligi 80-100 sm dir. Qashqar rubobining choʻmichsimon kosasi [[tut]] kabi qattiq daraxtlar [[yogʻoch]]idan yasaladi. Kosaning usti teri bilan qoplanadi. Qashqar rubobining dastasi uzun boʻlib, oxiri qayrilgan boʻladi. Kosasinin oldida shoxga oʻxshagan ikkita gajagi bor. Ular shakl berish bilan birga yuqori [[nota]]larni chalishda chap qoʻl uchun tayanch vazifasini ham bajaradi.
 
Qashqar rubobi dastasida 19 tadan 23 tagacha parda boʻladi. Eski ruboblarda pardalar ichakdan qilingan boʻlsa, zamonaviy ruboblarning pardalari [[metall]]dan qilinadi.
 
Qashqar rubobining beshta simi bor. Pastgi ikki sim juft chalinadi. Ochiq chalganda „lya“ tovushini chiqaradigan qilib sozlanadi. 3- va 4- simlar ham juft chalinadi. Bu simlar ochiq chalganda „mi“ tovushini chiqaradigan qilib sozlanadi. 5-sim odatda [[neylon]] sim boʻlib ochiq chalganda „si“ tovushini chiqaradigan qilib sozlanadi. Qashqar rubobining diapazoni 3 [[oktava]]ga yaqin. Qashqar rubobi [[Oʻzbekiston]]da va [[Tojikiston]]da juda keng tarqalgan.
 
== Havolalar ==