Rubob: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Afgʻon rubobi
Qator 11:
 
Qashqar rubobining beshta simi bor. Pastgi ikki sim juft chalinadi. Ochiq chalganda „lya“ tovushini chiqaradigan qilib sozlanadi. 3- va 4- simlar ham juft chalinadi. Bu simlar ochiq chalganda „mi“ tovushini chiqaradigan qilib sozlanadi. 5-sim odatda [[neylon]] sim boʻlib ochiq chalganda „si“ tovushini chiqaradigan qilib sozlanadi. Qashqar rubobining diapazoni 3 [[oktava]]ga yaqin. Qashqar rubobi [[Oʻzbekiston]]da va [[Tojikiston]]da juda keng tarqalgan.
 
=== Afgʻon rubobi ===
[[File:Rubab.jpg|thumb|left|150px|Afgʻon rubobi]]
Afgʻon rubobining dastasi kaltaroq boʻladi. Dastasining uzunligi 8-10 sm boʻladi. Ovoz kosasi yoki ''rezonatori'' keng va chuqur boʻladi. Rezonatorning uzunligi 80 sm gacha boʻladi. Qorin bilan dasta bir butun yogʻoch boʻlagidan oʻyib yasaladi. Afgʻon rubobida ham qashqar rubobidagi kabi gajaklar bor.
 
Afgʻon rubobida 5 ta asosiy torga qoʻshimcha ravishda 10-11 ta yordamchi torlar ham bor. Afgʻon rubobining qayta ishlangan turlarida yormachi torlar boʻlmaydi. Bu tur ruboblar ixchamlashtirilgan boʻladi.
 
== Havolalar ==