Yulduz: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
tanlangan maqola
kTahrir izohi yoʻq
Qator 2:
'''Yulduz''' [[gravitatsiya]] bilan bogʻlangan yorqin [[plazma]] sharidir. Hayotining oxirida yulduz shuningdek [[degenerat modda]]ni ham oʻzi ichiga olishi mumkin. [[Yer]]ga eng yaqin yulduz [[Quyosh]]dir, u Yerdagi [[energiya]]ning asosiy manbai hamdir. Boshqa yulduzlar, [[atmosfera]] hodisalari toʻsiq boʻlmasa, Yer sirtidan qoʻzgʻalmas yorugʻ nuqtalar boʻlib koʻrinadi. Tarixan [[osmon]] sferasidagi yorqin yulduzlar [[yulduz turkumi|turkum]] va [[asterizm]]larga toʻplantirilgan, eng yorqinlariga nomlar ham berilgan. [[Astronom]]lar yulduzlar haqidagi maʼlumotlarni [[zij]]larga yigʻishgan.
 
Hayotining kamida biror qismida yulduz yadrosidagi [[vodorod]] [[termoyadroviy reaksiya]]si energiyasi nurlanishi hisobiga charaqlaydi. [[Geliy]]dan ogʻir deyarli barcha tabiiy [[kimyoviy unsur]]lar yulduzlar nurlanishi yoki portlashidagi [[nukleosintez]] tufayli yuzaga kelgan. Astronomlar yulduz [[massa]]si, yoshi, [[metallik|kimyoviy tarkibi]] va boshqa xossalarini uning [[spektr]]i, [[yorqinlik|yorqinligi]] va fazodagi harakatini kuzatib aniqlay olishadi. Yulduz massasi uning evolutsiyasi va taqdirini belgilovchi bosh mezondir. Yulduzning boshqa xarakteristikalari uning oʻtmishi, diametri, aylanishi, harakati va harorati orqali aniqlanadi. Yulduz haroratining uning yorqinligiga nisbati jadvali, yoki [[Hertzsprung–Russell diagrammasi]] ({{talaffuz|Hertsshprung-Rassel}}; H-R diagramma), yulduz yoshi va evolutsiyaviy holatini bilishga yordam beradi.
 
Yulduz vodoroddan iborat materiya buluti [[kollaps]]i bilan boshlanadi, unda oz miqdorda geliy va ogʻirroq unsurlar ham boʻlishi mumkin. Yulduz yadrosi yetarlicha [[zichlik|zich]] boʻla boshlaganida vodorodning bir qismi yadroviy reaksiya orqali zudlik bilan geliyga aylanadi.<ref name="sunshine">{{cite web