Said Ahmad: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
DastyorBot (munozara | hissa)
k ishorat -> havola, kategoriya -> turkum
DastyorBot (munozara | hissa)
k fix
Qator 30:
Said Ahmad hikoyanavis sifatida tanilgan. Uning «[[Choʻl burguti]]», «[[Lochin]]», «[[Boʻston]]», «[[Toʻyboshi]]», «[[Jimjitlik]]», «[[Turnalar]]», «[[Hayqiriq]]», «[[Alla]]», «[[Muhabbatning tugʻilishi]]», «[[Qorakoʻz Majnun]]» singari oʻnlab hikoyalarida sadoqat, mehr, odamgarchilik, ishonch, eʼtiqod singari maʼnaviy qadriyatlar taʼsirchan aks ettirilgan. Adib hikoyalarida inson ruhiyati tovlanishlarini koʻrsatishga katta eʼtibor berganligi uchun ham bitganlari zavq bilan oʻqiladi va u prozaning shoiri hisoblanadi. Yozuvchi hajviy hikoyalar yaratish boʻyicha Qahhor anʼanalarini davom ettirgan ijodkordir. Uning «[[Sobiq]]», «[[Qoplon]]», «[[Oʻrik domla]]», «[[Mening doʻstim Babbaev]]», «[[Muzey]]», «[[Boʻri ovi]]», «[[Xandonpista]]» kabi koʻplab hajviyalarida inson tabiatidagi qusurlar badiiy tadqiq etiladi. Said Ahmad hajviy soʻz jilolarini nozik payqaydi va undan mohirona foydalanadi.
 
 
Said Ahmad nasrning deyarli barcha janrlarida qalam tebratadi. Uning qishloq mavzusidagi «[[Qadrdon dalalar]]» (1949), «[[Hukm]]» (1958) qissalari, chalkash insoniy taqdirlar mahorat bilan aks ettirilgan «[[Qirq besh kun]]» (1974) «[[Hijron kunlari]]» (1964), «[[Ufq boʻsagʻasida]]» (1969) romanlaridan iborat «[[Ufq]]» trilogiyasi, inson qismati turgʻunlik davri qabohatlari fonida tasvirlangan «[[Jimjitlik]]» (1988) romani, Bolalar hayoti ifodalangan «[[Sherzod va Gulshod]]» (1945), dunyoning etti burchiga yoyilgan «[[Kelinlar qoʻzgʻoloni]]» (1976), yolgʻiz moʻysafid ruhiy iztiroblari aks ettirilgan «[[Kuyov]]» (1986) singari sahna asarlari adibning katta ijodiy imkoniyatlaridan dalolatdir.