Uygʻur hoqonligi: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Tahrir izohi yoʻq
Qator 114:
|eslat =
}}
'''[[Uygʻur hoqonligi]]''' (745—840) — [[Markaziy Osiyo]]ning sharqida turkiy tilli qabilalar barpo etgan oʻrta asrlik mamlakat. Selenga, Oʻrxon, Toʻla daryolarining joqasiga joylashgan. 8 asrning boshlanishida yaglakar urugʻi boshlagan toʻqqiz-oʻgʻiz qabilalar ittifoqi Sharqiy turk hoqonligiga qarshi oʻz mustaqilliklari uchun jang qildi. Asta sekinlik bilan ular bir mamlakat boʻlib tashkil topdi. Yangi mamlakat Uygʻur hoqonligi deb ataldi. [[744]]-yili Sharqiy turk hoqonligining lashkarlari ustidan gʻalaba qozongan ular siyosiy va mudofa kuchlarini ilk bor oʻz qarmogʻiga oldi. Sharqiy turk hoqonligining oʻrniga yangi mamlakat — Uygʻur hoqonligi tashkil topdi. Uning poytaxti — Orxon daryosi yoqasidagi Qorabalasagʻun shahri boʻldi. Ilk hoqoni [[Peylo (746)]] boʻldi. Uninh davrida mamlakat hududi [[Oltoy]] togʻlaridan Katta Xinganga, Sayan qirgʻoqlaridan janubda [[Gobi]] choʻligacha[[choʻl]]igacha kengaydi. Peylo vafotidan keyin uning oʻgʻli [[Moʻyinshoʻr]] taxtga oʻtirdi (746—759). U yanada mamlakatni kengaytirib, [[Markaziy Osiyo]] bilan va [[Xitoy]] bilan aloqa oʻrnatti. Moʻyinshoʻr Tivani oʻz tarkibiga qoʻshib oldi. Uygʻur hoqonligi shu darajada kuchaydiki [[757]]-yili [[Xitoy]]da Sugʻdlik [[An Lu-shan]] boshchiligidagi isyonchilar isyonga chiqqanida Xitoy imperatori Moʻyinshoʻrdan madad soʻradi. Uygʻur hoqonligi turkiyzabon koʻchmanchi qabilalarning ittifoqi natijasida tashkil topgan oʻrta asrlik mamlakat boʻldi. Bosh mansab hoqonning qoʻlida boʻldi. Aholisi asosan chorvachilik va dehqonchilik bilan shugʻullandi. Shahar, qoʻrgʻon, qishloq barpo etish rivojlandi. Kulolchilik esa rivojlana boshladi. [[Siriya]] alifbosi asosida uygʻur alifbosi tashkil topdi. Uygʻurlarning maʼlum miqdori [[buddizm]] diniga mansub boʻlsa, 8 asrning oxirlarida manixey diniga koʻcha boshladi. Aytish joizki, xalqning asosiy qismi tangriga sigʻindi. Uygʻur zadagonlarining oʻzaro kurashishlari va qabilalarning isyonga koʻp chiqishi natijasida 8 asrning oxirlarida hoqonlik zaiflashdi. Oxiri 840-yili [[Enisoy]] qirgʻizlarining bosqinchiligidan hoqonlik batomom quladi. Uygʻurlarning [[Oltoy]] bilan [[Tarbagʻatoy]] orasidagi Qarluq hoqonligiga qochdi. Qolgani Sharqiy Turkiston bilan [[Gansu]] hududidan boshpana topdi. Uygʻur hoqonligi yuz yilga yaqin [[Xitoy]]ning Markaziy Osiyoga oʻtishiga toʻsiq boʻldi.<ref>Doslovno „nachalnik koney“. Fakticheski zaveduyuщiy osobimi armeyskimi delami</ref>
 
== Manbalar ==