Jahon tillari: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k Abdulla moved page Dunyo tillari to Jahon tillari over redirect: munozaraga qarang
MrErgashev (munozara | hissa)
Tahrir izohi yoʻq
Qator 1:
[[İmage:Sprachen der Welt.png|thumb|right|400px|Dunyo tillari]]
'''Dunyo tillari''' yoki '''jahon tillari''' — Yer sharida yashovchi (yoki avval yashagan) xalqlarning tillari. Ularning umumiy soni 2500-dan 5000 gacha. Koʻp tarqagan dunyo tillarining safiga (million kishi hisobi bilan 1985-yilgi maʼlimot boʻyicha) kiruvchi tillar: [[Xitoy tili|xitoy]] (1 mlrd-dan ziyod), [[Ingliz tili|ingliz]] (420), [[Hind tili|hind]], ungao'nga yaqin [[Urdu tili|urdu]] (320), [[Ispan tili|ispan]] (300), [[Rus tili|rus]] (250), [[indoneziya tili|indoneziya]] (170), [[Arab tili|arab]] (170), [[Bengal tili|bengal]] (170), [[Portugal tili|portugal]] (150), [[Yapon tili|yapon]] (120), [[Nemis tili|nemis]] (100), [[Fransuz tili|fransuz]] (100), [[Pendjav tili|pendjav]] (82), [[italyan tili|italyan]] (70), [[Koreys tili|koreys]] (65) tillari. Bu hisobga ularni gapiruvchilari bilan birga millatlararo, xalqarolikxalqlarolik aloqa sifatida foydalanuvchilar ham kiradi. Barcha dunyo tillari yaqinligiga qarab tilli oilalarga boʻlinadi. Ularning har biri yaqin dialektlari guruhidan chiqqan, qadimgi zamonlarda bir tilning dialektlari boʻlgan yoki bir tilli ittifoqqa kirgan.
 
Til oilarining anchasi faqat shaxsiy er nomlari bilan kirma elementlarda saqlangan yoki batamom yoʻqolgan deyishga boʻladi. Ayrim qadimgi tillardan saqlangan yodgorliklarning (masalan, krittegi ieroglif tili) maʼnosi hali hanuz chiqqani yoʻq. Ayrim qadimgi madaniy tillar (shumer, etrus) soʻngi yillarda bir qator tekshiruvlar borligiga qaramasdan, tillarning genealogik guruhlarga bo'lishidaboʻlishida hali hanuz aniq oʻrin topmagan.
[[Amerika]], [[Afrika]], Janubiy-sharqiy Osiyo, [[Yangi Gvineya]] va [[Okeaniya|Okeaniyadagi]] koʻpgina tillar hali hanuz batamom tekshirilib guruhlarga ajralgani yoʻq.
 
[[Birlashgan Millatlar Tashkiloti]] (BMT)ning maʼlumotiga koʻra, 1992 yilda yer yuzi axolisi 5 milliard-u 200 milliondan ziyod edi. Dunyodagi xalqlar 2976 xil tilda gaplashadi. Shundan 200 tilning har birida bir milliondan ortiq 70 tilning xar birida 5 milliondan ziyod, faqat 13 tilning xar birida 50 milliondan ortiq kishi soʻzlashadi. Qolganlarining xar birida esa bir milliondan oz kishi gaplashadi. Kavkaz togʻlarining bagʻriga joylashgan Dogʻistonda bir milliondan ortiq xalq boʻlib, ular qirqga yaqin tilda soʻzlashadi.
== Tirik va o'lik tillar ==
Tillar '''tirik tillar''' va '''oʻlik tillar''' deb ikkiga boʻlinadi.
Xalqlar hozir gaplashadigan tillar tirik til xisoblanadi, masalan: [[ukrain tili]], [[ozarbayjon tili]], [[rus tili]] va boshqalar.
Bizga yozma yodgorliklari yetib kelgan, ammo yer yuzida yashayotgan xalqlarning xar biri xozir muomalada ishlatmaydigan til oʻlik til deb yuritiladi, masalan: [[lotin tili]], qadimgi xind tili yoki, sanskrit, qadimgi slavyan tili, qadimgi xorazmiy tili va boshqalar;
Lotin tili koʻp asrlar davomida tirik til boʻlgan: [[antik davr]] da rimliklar va Rim imperiyasidagi koʻp xalqlar lotin tilida gaplashganlar. Bu tilda ilmiy va publisistik asarlar yozilgan, ajoyib badiiy asarlar yaratilgan, Bunday asarlar hozir ham turli tillarga tarjima qilinib, nashr etilyapti. Bu tildan hozir ham oʻrta va oliy tibbiyot uquv yurtlarida xabardor qilinadi. Tibbiyotda kishi aʼzolari nomlari, dorilariing nomlari va boshqalar lotincha yoziladi va aytiladi.
Bizning davrimizda jahon xalqlarining 30 foizdan ziyodi oʻz yozuvlariga lotin alifbosini asos qilib olganlar.
'''Oʻlik til''' hisoblanadigan qadimiy xorazmiy tili va yozuvi eroniy tillarning sharqiy turkumiga mansub boʻlib, qadimiy Xorazm aholisi shu tilda gaplashgan. Xorazmiy tili XI asrlarga Kelib istteʼmoldan qolgan va oʻlik til holiga kelgan.
Dunyodagi tillar kelib chiqishi, lugʻaviy va grammatik jihatdan yakdil’igiga qarab bir nNecha til oilalalariga boʻlinadi.
 
== Til oilalari va turkumlari ==
Til oilalari, o'z navbatida turkumlarga boʻlinadi, masalan, tillarning '''hind-yevropa''' oilasi quyidagi til turkumlarini oʻz ichiga oladi.
# Hind turkumi (90 tirik til va 3 oʻliktil).
# Eron turkumi (11 tirik til va 10 oʻliktil).
# Slavyan turkumi (11 tirik til va 4 oʻliktil).
# Boltiq turkumi (litva, latish, latgal tillari va oʻlik pruss Tillari).
# German turkumi (dat, shved, norveg, island, ingliz, golland, nemis, shin yaxudiy tillari).
# Roman turkumi (fransuz, provansal, italyan, ispan, portugal, rumin, moldavan tillari va hamma ti¬rik roman tillari uchun asos til hisoblangan oʻlik lotin tili).
# Kelt turkumi (irland, shotland, Breton, uels .tillari).
# Grek tili.
# Alban tili.
# Arman tili.
# Anatoliy turkumi (oʻlik tillar).
# Toxar turkumi (oʻlik tillar).
Bu til turkumlarining hammasi bir asos tildan hosil boʻlgan. [[O'zbek tili]] tillarning [[oltoy oilasi]]ning [[turkiy turkum]]iga kiradi. Maʼlum tillarning paydo boʻlishi uchun manba boʻlib, oʻzi aloqa vositasi sifatida ishlatilmaydigan boʻlib qolgan til '''asos til''' (bobo til) deb yuritiladi. Odatda, bir tilda gaplashadigan xalq qandaydir tarixiy sabablar bilan qabilalarga boʻlinib, turli tomonlarga tarqalgan va bu qabilalarning bir-biridan aloqalari uzilgan. Xar bir qabilaning tili oʻz taraqqiyotida davom etgan.
 
'''Tirik til''' hamma vaqt rivojlanib turadi. Ammo bu qabilalarning turmush sharoitlari har xil boʻlgan. Demaq ularning tillari ham turli yoʻllar bilan rivojlanib borgan. Oradan maʼlum davr utishi bilan bir vaqtlar bir xalqdan paydo bp’lgan qabilalar tilida uzgarishlar roʻy berib, bir qabila kishilari boshiqa bir qabila kishilarining tilini yaxshi tushunmaydigan boʻlib qolgan. Har bir qabilaning tili bir vaqtlar bu qabilalar uchun umumiy boʻlgan tildan sezilarli farq qilib qolgan. Shunday qilib, bir vaqtlar umumiy boʻlgan til qabilalarning yangi paydo boʻlgan tillariga nisbatan asos til hisoblandi.
 
 
== Havolalar ==