Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Qator 35:
:::::::::::: Sezgan bo'lsangiz, kopi-peyst yordamida yaratilgan maqolalarni to'g'rilab, vikilashtirib chiqyapman (sizning gaplaringiz ta'sirida emas, shunchaki Andijon viloyati sahifasida tumanlar nomi qizil rangda chiqib turishini ko'rgim kelmaganidan). Tahrirlash jarayonida manbasini ham ko'rsatyapman (atigi bitta manba, boshqa manba yo'q). Doston yozayotganim yo'q, buning ustiga, Andijon tumanlari haqida doston yozolmayman ham. Sizning boshqa bir gapingizga ham javob: Jalaquduq tumani haqidagi ma'lumotlarni ruscha Vikidan tarjima qildim, lekin ruscha Viki u ma'lumotlarni Andijon hokimligi saytidan olgan. Men ham o'sha saytdan olgan bo'lardim, lekin aynan Jalaquduq tumani haqida ma'lumotlar joy olgan sahifa ochilmadi.
 
:::::::::::: Nima qilay? Agar bu tahlit ishlashim Vikipediya qoidalariga zid bo'lsa - marhamat, Andijon tumanlari haqidagi barcha maqolalarni o'chiring - ularning hech biri siz keltirgan talablarga javob bermaydi, meni esa, lutfan, bloklashingiz mumkin. E'tiboringiz uchun rahmat! - Muhrim 10:26, 18 noyabr 2012 (UTC).