Birlashgan Millatlar Tashkiloti: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
TjBot (munozara | hissa)
Ilm.uz (munozara | hissa)
Qator 98:
==== Osiyoda... ====
 
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Kambodja mamlakatida 1992-1993 -yillardagi keng ko`lamli operatsiyasi tugallanganidan keyin Birlashgan Millatlar Tashkiloti tizimi muassasa va tashkilotlari fuqarolik jamiyati, inson huquqlari va demokratiyani mustahkamlash borasidagi sa`y-harakatlarini davom ettirmoqdalar.
 
Afg`onistonda Birlashgan Millatlar Tashkilotining maxsus missiyasi [[1993 yildan-yil]]dan buyon faoliyat ko`rsatmoqda. Uning vazifasi milliy yarash va uzoq davom etgan fuqarolar urushi natijasida izdan chiqqan xo`jalikni tiklashga yordam berishdan iboratdir. Biroq, Bosh kotib va uning maxsus vakillarining qat`iy diplomatik sa`y-harakatlariga qaramasdan mamlakatda juda katta insonparvarlik xarajatlarini talab qilayotgan harbiy harakatlar davom etmoqda, bu - Birlashgan Millatlar Tashkilotining afg`on xalqiga yordam ko`rsatish tizimi faoliyatiga jiddiy ta`sir ko`rsatyapti.
 
Sharqiy Timorda BMT yordamida Indoneziya va Portugaliya o`rtasida o`tkazilgan, mazkur xududning maqomi borasida butunjaxon referendumi uchun yo`l ochgan muzoqaralar [[1999 yili-yil]]i may oyida yakunlanadi. Shu muzokaralarga binoan BMT missiyasi ovoz beruvchilarni ro`yxatga olish ishini kuzatib bordi va [[1999 yilning-yil]]ning avgustidagi bu referendumda Sharqiy Timor aholisining 78 foizi Indoneziyadan mustaqil bo`lish uchun ovoz berdi. Referendum yakunlari e`lon qilinganda mustaqillikka qarshi turgan militsiya Sharqiy Timorning 200 ming aholisini o`z uylarini tashlab ketish uchun majburlashga harakat qildi. [[1999 yilning-yil]]ning sentabr oyida Xavfsizlik kengashi tartib o`rnatishga yordam bergan xalqaro xavfsizlik kuchlarini junatish uchun qaror qabul qildi. BMTning muvaqqat ma`muriyati xalqaro kuchlarni almashtirdi va ayni paytda Sharqiy Timorda mustaqillikni amalga oshirish jaroyonini kuzatib bormoqda.
 
==== Yevropada... ====