Andoza:Tanlangan maqola: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
kTahrir izohi yoʻq
upd
Qator 1:
[[File:AzadiCitadel Monumentof Aleppo.jpg|nothumb|120px|right|OzodiHalab monumentiqalʼasi]]
'''[[Halab]]''' ({{lang-ar|حَلَبُ}}, {{lang-el|Αλέππο, Βέροια}}, {{lang-la|Beroea}}) — [[Suriya]]ning eng katta shahri, Halab muhofazasining markazi. Aholisi 2 301 570 kishi (2005) boʻlgan Halab Levantning eng katta shaharlaridan biridir. Halab koʻp asrlar davomida Buyuk Suriyaning eng yirik shaharlaridan biri va [[Usmonli imperiyasi]]da Konstantinopol va [[Qohira]]dan keyin uchinchi katta shahar boʻlgan. Halab dunyodagi eng qadimiy shaharlardan biridir; ayrim manbalarga qaraganda unga eramizdan avvalgi 6-ming yillikda asos solingan. Halab janubidagi qazilmalar unda eramizdan avvalgi 3-ming yillikda odamlar gavjum yashaganini koʻrsatadi. Halab shuningdek [[Mesopotamiya]]dan qolgan mix yozuvlarda tijoriy va harbiy rivojlangan shahar deya eslatiladi. Uning bu qadar uzoq tarixi ehtimol shahar Oʻrta Yer dengizi va Mesopotamiya orasidagi strategik savdo yoʻlida joylashgani tufaylidir. ('''[[Halab|Davomi...]]''')
'''[[Tehron]]''' ({{lang-fa|تهران}}) [[Eron]] poytaxti, [[Osiyo|Osiyodagi]] eng katta shaharlardan biridir. Shahar atrofi (Katta Tehron) aholisini qoʻshganda Tehron aholisining soni rasmiy maʼlumot boʻyicha 13 million, norasmiy maʼlumotga koʻra 16 milliondir. Aholisi soni boʻyicha Tehron jahonda 21-oʻrinda. Tehron Eronning siyosiy, iqtisodiy, transport, savdo va [[madaniyat|madaniy]] markazidir. Tehron Eronning shimolidagi [[Elburs]] togʻining etagida, [[Kaspiy dengizi|Kaspiy]] qirgʻogʻidan 90 km uzoqlikda joylashgan. Shahar gʻarbdan-sharqgacha togʻ yonbagʻri boʻyi bilan 40-50 kilometrga choʻziladi. Tehronning shimoliy tumani (Shemiran) dengiz sathidan 2000 metr balandlikda joylashdan. Shahrning janubiy atrofi (Rey, Sultonobod) Kavir toshloq [[Choʻl|choʻliga]] yaqin. Tehron Eronning avtomobil, elektronika, harbiy qurol-aslaha, yengil sanoat, qand, sement va kimyo sohalarining markazi hisoblanadi. Shu bilan birga shahar mato va gilamlari bilan ham mashhur. XX asrda davlatning boshqa hududlaridan Tehron shahriga xalqlar ommaviy koʻchib kelishi keng avj oldi. Mahalliy aholisi [[forslar]] boʻlganligi sababli, Tehron aholisining 98 foizi [[Fors tili|fors tilida]], qolgan 2 foizi [[arab tili|arab]], [[ozarbayjon tili|ozarbayjon]], [[arman tili|arman]] va boshqa tillarda gaplashadi. ('''[[Tehron|Davomi...]]''')
<noinclude>:[[Vikipediya:Tanlangan maqolalar|Arxiv]]
[[Turkum:Vikipediya:Tanlangan maqolalar]]</noinclude>