Vikipediya:Konverter: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Update
Misol
Qator 1:
[[File:Konverter.JPG|thumb|right|250px200px|[[Lotin yozuvi]]dan [[kirill yozuvi]]ga oʻgiruvchhi konverter]]
[[Oʻzbekcha Vikipediya]]dagi maqolalar [[lotin yozuvi]]da yoziladi. Ammo har qanday maqolani [[kirill yozuvi]]da oʻqish imkonini yaratish uchun lotin yozuvini kirill yozuviga oʻgiruvchhi konverter yaratilgan. Hozir istagan sahifani lotin yoki kiril yozuvida oʻqish mumkin. Buning uchun xohlagan sahifani ochib tepada joylashgan „oʻzbekcha” degan yerdan kerakli alifboni tanlash kifoya.
 
Konverter 100 % toʻgʻri transliteratsiya qilmaydi. Bunga bir necha sabab bor. Birinchidan, lotin yozuvida yozganda koʻpchilik '''vikifikator'''dan foydalanib inglizcha [[apostrof]]ni oʻzbekcha [[okina]]larga aylantirmaydi. Ikkinchidan, qoidalarga istisnolar bor. Masalan, konverter „''o'''ts'''a''“ni „''о'''тс'''а''“, ammo „''ra'''ts'''iya''“ni „''ра'''ц'''ия''“ qilish kerakligini bilmaydi. Uchinchidan, lotin yozuviga oʻtgandan soʻng oʻbek tili imlosiga yangi qoidalar kiritildi. Masalan, „'''''ц'''ирк''“ „'''''s'''irk''“ boʻladi, ammo „''эвол'''юц'''ия''“ „''evol'''uts'''iya''“ boʻladi.

Yaxshi yozilgan va vikifikator bilan tartibga keltirilgan maqolalarni konverter juda yaxshi transliteratsiya qiladi. Masalan, mana bu maqolani koʻring: [[Usmon Matkarimov nomli №4-oʻzbek gimnaziya]].
 
== Misol ==
{| border="0" cellpadding="2" cellspacing="2" align="center"
| width="50%" style="background:#f6f6f6;" |<small>''Lotin yozuvida''</small>
 
'''Usmon Matkarimov nomli №4-oʻzbek gimnaziya''' — Qirgʻizistonning Isfana shahrida joylashgan gimnaziya-internat. Gimnaziyaning rasmiy nomi ''Usmon Matkarimov nomli oʻrta maktab-gimnaziya''dir (ruscha: ''Средняя школа-гимназия им. У. Маткаримова''). Gimnaziyada boshqa qishloqlardan kelgan oʻquvchilar yashaydigan internat borligi uchun ''Usmon Matkarimov nomli №4-oʻzbek gimnaziya-internati'' deb ham nomlanadi. Maktab Isfana kolxozining raisi boʻlib ishlagan va shaharning rivojlanishiga katta hissa qoʻshgan Usmon Imonqulovich Matkarimov (1922-1989) nomi bilan ataladi. Gimnaziyada oʻqish bepul boʻlib, maktabda 5-dan 11-gacha sinflar bor.
 
| width="50%" style="background:#f6f6f6;" | <small>''Kirill yozuvida''</small>
 
'''Усмон Маткаримов номли №4-ўзбек гимназия''' — Қирғизистоннинг Исфана шаҳрида жойлашган гимназия-интернат. Гимназиянинг расмий номи ''Усмон Маткаримов номли ўрта мактаб-гимназия''дир (русча: ''Средняя школа-гимназия им. У. Маткаримова''). Гимназияда бошқа қишлоқлардан келган ўқувчилар яшайдиган интернат борлиги учун ''Усмон Маткаримов номли №4-ўзбек гимназия-интернати'' деб ҳам номланади. Мактаб Исфана колхозининг раиси бўлиб ишлаган ва шаҳарнинг ривожланишига катта ҳисса қўшган Усмон Имонқулович Маткаримов (1922-1989) номи билан аталади. Гимназияда ўқиш бепул бўлиб, мактабда 5-дан 11-гача синфлар бор.
|}
 
[[Turkum:Vikipediya:Yordam]]