Matyoqub Qoʻshjonov: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Uzgen (munozara | hissa)
Tahrir izohi yoʻq
(Farq yoʻq)

22-May 2006, 18:49 dagi koʻrinishi

Matyoqub Qo`shjonov


O’zbek adabiyotshunosi va munaqqidi. 1918 yil 5 mayda hozirgi Turkmaniston Respublikasining Toshhovuz viloyati Hallang qishlog’ida tug’ilgan. Filologiya fanlari doktori (1972), O’zbekiston Respublikasi FAning a’zosi (1979), O’zbekiston Respublikasi fan arbobi (1978), Hamza nomidagi Davlat mukofoti laureati (1977).

30-yillarning ikkinchi yarmida Toshhovuzdagi o`qituvchilar institutida o`qigan. 1941-1945 yillarda urushda qatnashgan, mergan bo`lgan. 1945-1950 yilllarda O’rta Osiyo Davlat universiteti filologiya fakultetida o`qigan, imtiyozli diplom olgan. 1950-1954 yillarda O’zbekiston Kompartiyasi Markaziy qo`mitasi apparatida ishlagan.1954-1957 yillarda Markaziy Komitet qoshidagi ijtimoiy fanlar akademiyasi aspiranturasida o`qidi. 1957-1960 yillarda SAGU filologiya fakultetida o`qituvchi bo`ldi. 1960 yildan O’zbekiston FAning Til va adabiyot institutida ilmiy xodim, direktor, bo`lim boshlig’I bo`lib ishlagan. Hozir ham shu dargohda faoliyat ko`rsatmoqda.



Matyoqub Qo`shjonov 40dan ortiq ilmiy, adabiy-tanqidiy, badia, tarixiy biografik xotira kitoblar muallifi. XX asrda yashagan taniqli yozuvchilar, eng muhim badiiy asarlar haqida olim risolalar, adabiy portretlar, tanqidiy ocherklar yozdi. Abdulla Qodiriy, Oybek, Abdulla Qahhor ijodi talqini va tahlili olim faoliyatining asosidir. M. Qo`shjonov o`nlab o`ta jiddiy, tahliliy taqrizlar muallifi.

Olim o`zbek adabiyotshunoshligi va tanqidchiligiga ilmiy izchillik olib kirdi. U xarakter muammosiga bog’liq holda syujet, kompozitsiya, konflikt, badiiy til haqida ilmiy-nazariy tadqiqotlar yaratdi. Mustaqillik davrida M. Qo`shjonov A. Qodiriy, A. Oripov ijodi haqida tadqiqot yaratdi. Yangi sharoitda bir qancha asarlarni yangicha talqin va tahlil qildi.



Asarlari: Hayot va mahorat. Toshkent, Badiiy adabiyot nashriyoti, 1962. Oybek mahorati. Toshkent, Badiiy adabiyot nashriyoti, 1965. Saylanma. I va II jild. Toshkent, Adabiyot va san’at nashriyoti, 1982-1983/ Jizn. Xarakteri. Masterstvo (rus tilida). Toshkent, Izdatelstvo xudojestvennoy literaturi, 1963. Shedrost talanta. Moskva. “Sovetskiy pisatel”, 1980. Dagish. Toshkent, “Xalq merosi nashriyoti”, 1997.


Adabiyotlar: Quljonov A. Ilm va ijod olamida. Toshkent, Adabiyot va san’at nashriyoti, 1980, 149-171 sahifalar. O’tayev O’. Uslub va mahorat (adabiy portret). Toshkent, Adabiyot va san’at nashriyoti, 1979.