Talab va taklif: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
MrErgashev (munozara | hissa)
"Talab va taklif narxni shakllantiradi, shu bilan birga narx talab va taklif oʻrtasidagi nisbatni aniqlab beradi." yozuvi orqali yangi sahifa yaratildi
 
MrErgashev (munozara | hissa)
Tahrir izohi yoʻq
Qator 1:
Talab va taklif [[narx]]ni shakllantiradi, shu bilan birga [[narx]] talab va taklif oʻrtasidagi nisbatni aniqlab beradi.
 
== Talab ==
[[Ehtiyoj]] kishilarning hayotiy vositalariga boʻlgan zaruriyatini ifodalovchi ilmiy kategoriya sifatida taraqqiyotning hamma bosqichlari uchun umumiy va doimiydir. Uning [[bozor iqtisodiyoti]] sharoitidagi tarixiy koʻrinishi talab tushunchasidir. Talab ehtiyojdan farq qilib, mustaqil iqtisodiy kategoriya (ilmiy tushuncha) sifatida amal qiladi.
 
Ehtiyojning faqat [[pul]] bilan taʼminlangan qismi talabga aylanadi. Demak, '''talab — bu pul bilan taʼminlangan ehtiyojdir.''' [[Ehtiyoj]] zarur miqdordagi [[pul]] bilan taʼminlanmasa, u ''"xohish"'', ''"istak"'' boʻlib qolaveradi. Talabning bir qator muqobil variantlari mavjud boʻladi, chunki [[narx]] oʻzgarishi bilan tovarning sotib olinadigan miqdori ham oʻzgaradi. Shu bogʻliqlikdan kelib chiqib, talabga quyidagicha taʼrif berish mumkin: '''maʼlum vaqt oraligʻida, narxlarning mavjud darajasida isteʼmolchilarning tovar va xizmatlar maʼlum turlarini sotib olishga qodir boʻlgan ehtiyoji'''.
 
== Taklif ==
Maʼlum vaqt oraligʻidagi [[narx]]larning muayyan darajasida [[ishlab chiqaruvchi]] yoki [[sotuvchi]]lar tomonidan maʼlum turdagi [[tovar]] va [[xizmat]]larning [[bozor]]ga chiqarilgan miqdori taklif deyiladi. [[Nar]] oʻzgarishi bilan sotishga chiqariladigan mahsulot miqdori ham oʻzgarishi sababli talab kabi taklifning ham bir qator muqobil variantlari mavjud boʻladi.
 
Taklif narxlarning turli darajasida qancha miqdordagi mahsulotning sotishga chiqarilishini koʻrsatadi.
[[Narx]]ning oshishi bilan shunga mos ravishda sotishga chiqariladigan tovarlar taklifi miqdori ham ortadi, narxning tushishi bilan taklif hajmi qisqaradi.