Soliq: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
MerlIwBot (munozara | hissa)
k Bot qoʻshdi: mr:कर
MrErgashev (munozara | hissa)
Tahrir izohi yoʻq
Qator 1:
'''Soliq''', deb [[davlat]] va/yoki mahalliy boshqaruv faoliyatini taʼminlash uchun davlat organlari tomonidan tashkilot va [[jismoniy shaxs]]lardan yigʻib olinadigan [[toʻlov]]ga aytiladi.
 
Davlat [[byudjet]]i [[daromad]]lar qismining asosiy manbai soliqlar hisoblanadi.
Soliq [[iqtisodiy kategoriya]] sifatida, sof [[daromad]]ning bir qismini [[byudjet]]ga jalb qilish shakli boʻlib, [[moliya]]viy munosabatlarning tarkibiy qismini tashkil qiladi.
 
'''Soliq '''— bu [[davlat]]ning oʻz vazifalarini amalga oshirishi uchun zarur boʻlgan moliyaviy mablagʻlarni shakllantirish maqsadida jismoniy va huquqiy shaxslardan [[byudjet]]ga majburiy toʻlovlarni undirish shakli.
 
Soliq yordamida [[milliy daromad]]ning tegishli qismi taqsimlanadi va qayta taqsimlanadi.
Davlat tomonidan olinadigan soliqlar hamda ularning tashkil qilinish shakl va usullari birgalikda [[soliq tizimi]]ni tashkil qiladi.
Milliy iqtisodiyotda soliqlar quyidagi uchta muhim vazifani bajaradi:
#davlat xarajatlarini moliyalashtirish ('''fiskal vazifasi''');
#ijtimoiy tanglikni yumshatish ('''ijtimoiy vazifasi''');
#iqtisodiyotni tartibga solish ('''tartibga solish vazifasi''').
 
[[Davlat]] sarflari soliq tushumlari hisobiga amalga oshsada, davlat sarflari miqyosining oʻsishi oʻz navbatida soliqlarning oʻsishini taqozo qiladi va uning darajasini belgilab beradi.
Hozirgi davrda umumiy tendensiya boʻlgan davlat sarflarining va shunga mos ravishda soliq hajmining oʻsib borishini quyidagi omillar taqozo qiladi.
*Aholi sonining oʻsishi.
*[[Ijtimoiy soha]] xizmatlari sifatiga [[talab]]ning ortishi va [[urbanizatsiya]].
*Atrof-muhitning [[ifloslanish]]i.
*[[Daromad]]lar tengsizligini qisqartirish dasturlarini amalga oshirish.
*Milliy [[mudofaa]], davlat xavfsizligini taʼminlash xarajatlari hajmining oʻsishi.
 
Korxonalar faoliyatini soliq yordamida tartibga solish quyidagi umumiy tamoyillari asosida amalga oshiriladi:
*barcha [[daromad]]lardan, ularning manbalariga bogʻliq boʻlmagan holda soliq undirishning majburiyligi;
*soliq undirishda barcha uchun yagona umumdavlat siyosati;
*samarali ishlovchi korxonalarda hamda xoʻjalik yuritishning ilgʻor shakllari uchun soliq meʼyorlarining ragʻbatlantiruvchi rolini taʼminlash;
*soliq toʻlovi boʻyicha barcha subʼektlar majburiyati ustidan moliyaviy nazorat.
 
Soliq stavkasini belgilash bir qator tamoyillarga asoslanadi.
#'''Naflilik tamoyili''' — turli shaxslardan, ularning soliqlar hisobiga moliyalashtiriladigan dasturlardan foydalanishi darajasiga qarab turlicha soliq undirilishi kerakligini bildiradi.
#'''Toʻlovga layoqatlilik tamoyili '''— soliq miqdori soliq toʻlovchining boyligi va [[daromad]]lari darajasiga mos kelishi zarur. Boshqacha aytganda, soliq solish daromadlarning adolatli taqsimlanishini taqozo qilishi zarur.
#Adolatlilik tamoyili — [[daromad]]lari va hukumat dasturlaridan foydalanish darajasi boʻyicha teng boʻlgan kishilar teng miqdorda soliq toʻlashi zarur.
 
Soliq boʻyicha [[imtiyo]]zlar qonunchilik bitimlarida belgilangan tartib va sharoitlar asosida oʻrnatiladi. Amaliyotda soliq imtiyozlarining quyidagi turlari keng tarqalgan:
— obʼektlarning soliq olinmaydigan eng kam darajasini belgilash;
— soliq toʻlashdan alohida shaxs yoki maʼlum guruhlarni (masalan, urush fahriylarini) ozod qilish;
— soliq darajasi ('''stavkasi''')ni pasaytirish;
— soliq olinadigan summadan chegirish;
— soliqli [[kredit]] (soliq olishni kechiktirish yoki soliq summasini maʼlum miqdorga kamaytirish).
 
 
{{economy-stub}}