DE VALERA (De Valera) Imon (1882.14.10, Nyu-York - 1975.29.8, Dublin) — Irlandiya prezidenti (1959—73), hukumat boshligʻi (1932—48, 1951—54, 1957—59). 1916-yilgi Irlandiya qoʻzoloni rahbarlaridan biri. 1917—26-yillarda irland siyosiy tashkiloti — Shin feyn partiyasi rahbari. 1919—22-yillarda Irlandiya inqilobiy hukumati prezidenti va boshligʻi. 1922—23-yillardagi fuqarolar urushi davrida respublika qoʻshinlari rahbari. 1926-yil milliy — Fianna fayl partiyasiga asos solgan.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil