İnaloğulları bekligi yoki Yinaloğulları bekligi (turkcha: İnaloğulları Beyliği) — 1098-1183-yillar orasida Diyorbakir va tutash hududlarda hukmronlik qilgan markazi Diyorbakir boʻlgan Onadoʻlidagi turk-islom bekligi[1]. Beklikning asoschisi Sadr Bey. Beklik oʻz ismini asoschisi Sadr Beyning oʻgʻli va beklikning ikkinchi beki İnal Beydan olgan.

İnaloğulları bekligi
turkcha: İnaloğulları Beyliği


1098 — 1183




Poytaxti Diyorbakir
Til(lar)i Turk tili
Dini Islom
Boshqaruv shakli Mutlaq monarxiya
Sulola İnaloğulları
Bek
 - 1095—1096(ilk) Sadr Bey
 - 1142—1183 (soʻngi) Mahmud Bey
Tarix
 -  1098 Sadr Bey beklikka asos soldi
 - 9-may 1183-yil Ayyubiylar tarafidan bosib olindi

Tarix tahrir

Beklikka 1092-yilda Saljuqiylar imperiyasi sultoni Malikshoh vafot etganidan soʻngra, hududdagi turkman beklarini yengib, Amid shahrini egallagan Sadr Bey tarafidan asos solingan boʻlsa-da, dastlab, beklik Saljuqiylar imperiyasiga vassal boʻlgan. 1096-yilda Sadr Bey vafot etganidan keyin beklik taxtiga Sadr Beyning oʻgʻli İnal Bey chiqdi. İnal Bey 1098-yilda oʻz bekligini Saljuqiylar imperiyasidan mustaqil deb eʼlon qildi va rasman İnaloğulları bekligiga asos solindi. Biroq, qisqa vaqt oʻtgach, beklikka asos solingan 1098-yilning oʻzida İnal Bey vafot etgach, beklik atrofdagi yirik va kuchli turk bekliklari hukmronligi ostida oʻz mavjudligini davom ettirdi. 1110-yilda beklik taxtiga İl-Aldı oʻtirdi. Uning davrida beklik qaytadan oʻz mustaqilligiga ega chiqdi. İl-Aldı Ahlatşahlar bekligi bilan bir qancha urushlar olib bordi va bekligi hududini yanada kengaytirdi. 1124-yilda İsmaililar bilan jang qildi. 1133-yilda Zangiylar bilan boʻlib oʻtgan urushda İl-Aldıning magʻlub boʻlishiga qaramasdan, beklik oʻz mustaqilligini saqlab qola oldi.

1142-yilda İl-Aldı vafot etdi. Undan soʻng beklik taxtiga İnaloğulları bekligining oxirgi beki Cemaleddin Şemsilmülük Mahmud chiqdi. İl-Aldıning vafotini fursat bilgan Artuklu bekligi İnaloğulları bekligining hududlarini birin-ketin egallab oldi. Chorasiz qolgan Cemaleddin Şemsilmülük Mahmud oʻz bekligini Artuklu bekligiga vassal sifatida boshqardi. Beylik 1183-yil 9-may kuni Ayyubiylar tomonidan butunlay bosib olindi va tugatildi[2].

İnaloğulları bekligi beklari tahrir

Bek[3] Hukmdorlik yili Izohlar
Sadr Bey 1095-1096
İnal Bey 1096-1098 Beklikka oʻz nomini bergan
Fahrüddevle İbrahim Bey 1098-1110
Ebumansur Sadidevle İlaldı 1110-1142
Cemaleddin Şemsilmülük Mahmud 1142-1183

Manbalar tahrir

  1. Hasan Celal Güzel, Cem Oğuz, Osman Karatay Türkler, Yeni Türkiye Yayınları, Ankara 2002, s. 202
  2. „Tarih Öğretmenleri Sayfası“ (deadlink). 2015-yil 11-aprelda asl nusxadan arxivlangan. (Wayback Machine saytida 2012-03-16 sanasida arxivlangan)
  3. Öztuna, Yılmaz, „Devletler ve Hanedanlar“ Cilt: 2, Kültür Bakanlığı Yayınları, Ankara 1996, s. 47